Samsung’ning buklama smartfoni yana bir yangicha texnologiyaga ega bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  1047
  •  10.09.2018 16:30

Samsung’ning buklama smartfoni yana bir yangicha texnologiyaga ega bo‘lyapti!

Qayishqoq ekranga ega buklama smartfon yaratish bo‘yicha bir qator kompaniyalar poyga olib borishmoqda. Jumladan, janubiy koreyalik gigant allaqachon bu borada jarangdor bayonot bilan ham chiqqan.

O‘QING: Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

Xitoylik yetkazib beruvchilardan birining xabar qilishicha, Samsung’ning buklanuvchi Galaxy F (yoki Galaxy X) smartfonida barmoq izi skaneri bevosita displeyning o‘ziga integratsiya qilinadi. Undagi ultratovushli daktiloskopik datchik Vivo va Huawei yechimlaridan ancha ilgarilab ketishi aytilmoqda.

Buklama smartfonning yaxlit OLED-ekrani diagonaliga 7,3 dyuymlik o‘lchamga ega bo‘lishi kutilmoqda. Undagi ultratovushli modul yanada qalin displey shishasi orqali ham ishlay oladi va hatto nam barmoqning izini ham yaxshi ajrata biladi.

Xabarlarga ko‘ra, Samsung bu modeldan atigi 120 000 donagina chiqarishni rejalashtirgan. Shuningdek, insayderlar uning narxi 10 000 yuan, ya’ni 1 457 AQSh dollari bo‘lishini ham aytishgan.

Aytish kerakki, Samsung shu kungacha bozorga chiqargan aksariyat rusumlardagi smartfonlar Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda. Ular bilan tanishish, o‘zingizga ma’qul modelning xususiyatlarini ko‘rish va onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

Darvoqe, janubiy koreyaliklar shoshilmasa bo‘lmaydi, chunki raqobatchilari shunga o‘xshash smartfonni allaqachon ko‘rsatib ham ulgurishgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!