Samsung’ning ikkita ekranli smartfoni – bu Galaxy S10 yoki Galaxy Note bo‘lishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1203
  •  21.06.2018 17:49

Samsung’ning ikkita ekranli smartfoni – bu Galaxy S10 yoki Galaxy Note bo‘lishi mumkin

Samsungning ikkita ekranli smartfoni – bu Galaxy S10 yoki Galaxy Note bo‘lishi mumkin

Keyingi paytlarda smartfonsozlar turli form-faktordagi korpusga ega qurilmalar ustida ishlashayotir. Samsung ham bu poygadan chetda qolayotgani yo‘q, albatta.

O‘QING: Samsung antiqa smartfon patentladi – ikkita sensor ekranli slayder!

Janubiy koreyalik gigantning yangi patentida aks etgan smartfon esa yanada o‘zgacha. Uning asosiy displeyi romsiz bo‘lishidan tashqari, orqasida ham kichikroq ekrani bor. Taxminlarga ko‘ra, kompaniya dizaynerlari kelajakdagi Galaxy Note fabletlarini shunday qilishmoqchi.

Internetda yangigina tarqalgan suratlarga ko‘ra, Samsung minimal romlarga ega displeyli smartfon yaratmoqchi. Faqat ekranning ustki qismidagi hoshiya sal enliroq bo‘ladi – unga dinamik, datchiklar va old kamera joylashtiriladi. Shuningdek, rasmlarda USB-C porti, asosiy dinamik va mikrofon, shuningdek, qurilmani qulfdan chiqaruvchi hamda Bixby ovozli yordamchisini chaqiruvchi tugmachalar ko‘zga tashlanadi.

O‘QING: Ikkita ekran nimasi!? LG uchta sensor ekranli buklama smartfon patentladi!

Lekin smartfonning orqa tomoni ko‘proq e’tiborga loyiq – Samsung dizaynerlari bu yerga ikkinchi displeyni joylashtirishmoqchi. Shu bois asosiy kamera va uning fotochaqnog‘ini yuqori chap burchakka o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan. Mazkur yordamchi ekran qanday funksiyalarga ega bo‘lishi hozircha noma’lum.

Smartfonning shakliga qaraganda, mazkur patent Galaxy Note turkumiga aloqador bo‘lishi mumkin, deb yozadi PhoneArena. Ammo korpus old panelining dizaynini kompaniyaning boshqa smartfonlariga, jumladan, Galaxy S10 modeliga ham ko‘chirsa bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, ikkinchi ekranli smartfon yaratishda Samsung birinchi bo‘layotgani yo‘q. 2017 yili Meizu kompaniyasi taqdim etgan Pro 7 modelining ham orqa panelida qo‘shimcha displeyi mavjud.

O‘QING: Meizu Pro 7 taqdim qilindi: 2 ta rangli ekranga ega ilk smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!