Samsung noiloj Galaxy Fold muammolarini rasman tan olib, uzr so‘radi

  •   DiMaX
  •  1629
  •  23.04.2019 10:28

Samsung noiloj Galaxy Fold muammolarini rasman tan olib, uzr so‘radi

Janubiy Koreyalik texnogigant yaqinda o‘zining Samsung Galaxy Fold buklama smartfonini savdoga chiqargan edi. Lekin uni olib ishlatib ko‘rganlar displeydagi va boshqa nosozliklardan noliy boshlashdi.

O‘QING: Galaxy Fold buklama smartfonini Samsung muddatidan avval va negadir yashirin sota boshladi!

Samsung marketing maqsadlarida Galaxy Fold modelidan bir nechtasini jurnalistlarga va taniqli kishilarga hadya etib, shuning videolarini ham tarqatgandi. Ammo bu kampaniyaning oxiri boy bo‘ldi: buklama smartfon ishlatila boshlaganidan keyin ikkinchi kunidanoq ekrani o‘rtasiga chiziq tushib, yaxshi ishlamay qolishi kuzatilgan.

Shu kabi muammolar sababli smartfonning AQShdagi savdosi bekor qilindi, Xitoyda sotila boshlashi ham noma’lum muddatga kechiktirildi.

Kecha esa Samsung ushbu vaziyat yuzasidan uzr so‘rab rasmiy bayonot berishga majbur bo‘ldi. Kompaniya Galaxy Fold’dagi muammoni tan olgan va tez orada bartaraf etishga va’da bergan.

O‘QING: Galaxy Fold g‘ilofini Samsung yana bitta smartfon narxida sotadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!