Samsung o‘rama ekranli smartfonini birinchi bor «jonli» ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  753
  •  16.11.2020 09:12

Samsung o‘rama ekranli smartfonini birinchi bor «jonli» ko‘rsatdi!

Janubiy koreyalik gigant o‘raluvchi displeyga ega qurilmani allaqachon patentlashtirgan va biz shunday qurilmaning konsept videosini e’lon qilganmiz. Endi esa Samsung erama ekranli smartfoni «jonli» aks etgan rasmni birinchi marta e’lon qildi.

O‘QING: LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

Samsung Group vitse-prezidenti va amaldagi rahbari Li Je Yon (Lee Jae-yong) o‘tgan haftaning payshanba kuni kompaniyaning Seul shahridagi ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Bu uning o‘z otasi Li Gon Xi (Lee Kun-hee) vafotidan keyingi ilk rasmiy tashrifi bo‘ldi. Shu sababli ham mazkur voqea ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Samsung kompaniyasining matbuot markazi ushbu tadbirdan olingan suratlardan birini e’lon qilgan. Unda ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari bilan suhbatlashayotgan Li Je Yon tasvirlangan bo‘lib, qo‘lida noma’lum bir smartfonni ushlab olgan.

Kompaniya rahbarining qo‘lidagi qurilma Samsung’ning buklama smartfonlari – Galaxy Z Fold yoki Galaxy Z Flip kabilardan ko‘ra yupqaroq. Shunga qaraganda, bu – qayishqoq ekrani korpusning ichida o‘ralib turuvchi va smartfonni «cho‘zganda» displeyi yoyilib, planshet formatiga keluvchi yangi qurilmaning prototipidir.

O‘QING: Kokain mojarosi: Samsung va boshqalar atigi 349 dollarlik buklamafondan nega qo‘rqyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!