Samsung o‘z xatosini to‘g‘riladi: Galaxy A01 – endi turkumning eng arzon smartfoni!

  •   DiMaX
  •  5206
  •  19.12.2019 09:06

Samsung o‘z xatosini to‘g‘riladi: Galaxy A01 – endi turkumning eng arzon smartfoni!

Kecha biz Samsung’ning antiqa smartfoni – Galaxy A01 namoyish etilgani xususida yozgandik. Uning barcha xususiyatlari hamyonbop modellarga xos, faqat bitta nomuvofiqlik bor – 6/8 GBlik tezkor va naq 128 GBlik ichki xotiraga ega edi.

O‘QING: Galaxy S11+ flagmanining birinchi rasmiy surati e’lon qilindi!

O‘shanda taxmin qilganimizdek, smartfonning xotirasi haqidagi ma’lumotlar saytga noto‘g‘ri kiritilgan ekan. Samsung endi o‘z xatosini to‘g‘rilab, Galaxy A01 atigi 2/16 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ekanligini saytida qayd etib qo‘yibdi:

Biroq Samsung uning apparat ta’minoti asosida qaysi protsessor yotganini hozirgacha aytmayapti. Nima bo‘lganda ham, Galaxy A01 o‘z turkumidagi eng arzon smartfon bo‘lishiga endi shubha qolmadi.

Yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting – janubiy koreyalik texnogigant ayni shu liniyada yana bitta model tayyorlagan...

O‘QING: Navbatdagi Galaxy A bilan tanishish fursati keldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.