Samsung rasman Galaxy S21’lar taqdimot kunini aytdi – ulardan birini yutib olish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  1388
  •  04.01.2021 14:40

Samsung rasman Galaxy S21’lar taqdimot kunini aytdi – ulardan birini yutib olish mumkin! (+video)

Samsung Electronics kompaniyasi 2021 yilgi birinchi Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazadigan kunni rasman aytdi. Unda kutiladigan asosiy mahsulotlar – Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlaridir. Lekin allaqachon...

O‘QING: Galaxy S21 flagmanini Samsung naq $700 chegirma bilan taklif etyapti!

Samsung ushbu tadbirda smartfonlardan tashqari Galaxy Buds Pro rusumli yangi butkul simsiz quloqchinni ham ko‘rsatishi kutilmoqda.

Rasmiy videotizerga ko‘ra, Galaxy Unpacked 2021 marosimi 14 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi va uni onlayn translyasiya shaklida o‘tkazishadi.

Videorolikda va boshqa press-materiallarda kamera blogi ko‘rsatilayotganiga qaraganda, Samsung yangi flagmanlarining kamera imkoniyatlariga ko‘proq urg‘u beryapti.

Bundan tashqari, Samsung o‘zining Rossiyadagi saytida «Kelajakni qarshi olish»ni va tanlovda ishtirok etishni taklif qilmoqda. Kompaniyaning va’da berishicha, ushbu sahifa orqali o‘z elektron pochta manzilini qoldirib, «yangi Galaxy’ning ilk egalaridan biri bo‘lish» mumkin. Ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz omadlarini sinab ko‘rsalar arziydi; agar yaqinlaringizdan kimdir shu mamlakatda bo‘lsa – unga mazkur xabarni yetkazib qo‘yish esingizdan chiqmasin.

O‘QING: 2021 yilda Samsung'dan kutayotgan 5 narsamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.