Samsung smartfonlariga Android Oreo taqdim etilish sanasi ma’lum qilindi

  •   DiMaX
  •  1753
  •  10.03.2018 10:48

Samsung smartfonlariga Android Oreo taqdim etilish sanasi ma’lum qilindi

Janubiy koreyalik texnogigantning Turkiyadagi ofisi ochgan maxsus saytda kompaniyaning Galaxy smartfonlari uchun Android 8.0 Oreo talqini taqdim etilish sanasi ma’lum qilingan. Undagi ma’lumotlar faqat Turkiya hududi uchun dolzarb bo‘lishi ham mumkin, ammo ular butun dunyo bo‘ylab Samsung’ning aqlli telefonlari uchun yangi talqindagi proshivka chiqarilish vaqti haqida umumiy tasavvur bera oladi.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy J3 (2018) hamda Galaxy J3 Pro 2018 smartfonlari Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Samsung ro‘yxatida birinchi bo‘lib Galaxy Note 8 fableti turibdi, ayrim hududlarda u allaqachon yangilana boshlagan. Turkiyada esa uning uchun Android Oreo talqinidagi proshivka 30 mart kuni taqdim etiladi. Taxminan shu vaqtga borib butun dunyoda ham Note 8’lar ushbu talqinga ega bo‘lsa kerak.

Galaxy S7 hamda S7 Edge modellari rasman 13 aprelda Android 8.0 Oreo talqinigacha yangilanadi. 25 mayga borib esa Galaxy A5, A7 hamda A3 2017 smartfonlariga ham yangi proshivka keladi.

Kompaniyaning Galaxy S8 smartfoni proshivkasi allaqachon bu talqingacha yangilanishni boshlagan. Garchi bir necha oy cho‘zilgan beta-testlarda sinalgan bo‘lsa-da, uning yakuniy variantida ham baribir nuqson bor ekan. Ya’ni, Android 8.0 Oreo’gacha yangilangan Galaxy S8 smartfonlari egalari ularning o‘z-o‘zidan o‘chib-yonishi holatlaridan ko‘p shikoyat qilganlar. Natijada Samsung apdeytni vaqtincha to‘xtatib turib, kamchiliklarini to‘g‘rilab, ikki haftadan so‘ng yana tarqatgan.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!