Samsung suvdan himoyali va ekrani 120 gerslik flagmanini yanada arzon versiyada chiqarmoqchi

  •   DiMaX
  •  880
  •  20.07.2020 11:14

Samsung suvdan himoyali va ekrani 120 gerslik flagmanini yanada arzon versiyada chiqarmoqchi

Janubiy koreyalik texnogigant bu yilgi flagmanlarining «yengillashtirilgan» versiyasini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Bozorga uni Galaxy S20 Lite yoki Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 FE) nomi ostida taqdim etishlari mumkin.

O‘QING: Galaxy M51 sal kechroq, Galaxy S20 Lite esa ertaroq chiqadi

Yaqindagina biz Samsung Galaxy S20 Fan Edition smartfoni Qualcomm kompaniyasining flagman protsessori – Snapdragon 865 chipsetiga tayanishi haqida yozgan edik. Shuningdek, mazkur qurilma korpusi suvdan himoyalangan bo‘lishi, ekrani esa 120 gerslik chastotada yangilana olishini aytishyapti.

Endi esa Galaxy S20 Lite haqida yanada yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Samsung uni ikki xil modifikatsiyada tayyorlamoqda. Ulardan birining model raqami SM-G781 bo‘lib, Snapdragon 865 chipseti bilan ishlaydi. Ikkinchisi esa SM-G780 model raqamli va faqat 4G standartigacha bo‘lgan uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llaydi.

Tabiiyki, ikkinchi versiyasiga endi boshqa bir protsessor o‘rnatishadi, lekin aynan qaysi chipset ekanligi hozircha noma’lum. Bu o‘tgan yilgi flagman – Snapdragon 855 yoki biror Exynos platformasi bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, uning narxi ham birinchi variantdagi Galaxy S20 Lite’nikidan pastroq bo‘ladi.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar