Samsung tayyorlayotgan Galaxy M20 smartfoni benchmarklarda fosh etildi!

  •   DiMaX
  •  1514
  •  22.11.2018 14:59

Samsung tayyorlayotgan Galaxy M20 smartfoni benchmarklarda fosh etildi!

Janubiy koreyalik texnogigant yangi – Galaxy M turkumida smartfonlar ishlab chiqayotganligi haqida xabar bergandik. Ulardan biri allaqachon tayyor bo‘lib qolgan – u Geekbench va Antutu ma’lumotlar bazasida «qo‘lga tushdi».

O‘QING: Samsung Galaxy M20 va Galaxy M30 – hamyonbop smartfonlarmi yoki o‘rta narxli?

Yangi seriyaga mansub Samsung Galaxy M20 smartfoni kuni kecha SM-M205F nomi ostida Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan. Mana, uning testda olgan balli hamda asosiy texnik xususiyatlari bilan tanishing:

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu smartfon Exynos 7885 protsessoriga ega, uning tarkibiga Mali-G71 MP2 grafik tezlatgichi ham kiradi. Bu – ayni Galaxy A7 (2018) modelida qo‘llangan chipsetdir.

O‘QING: Galaxy S10’lardan tashqari, Samsung yana 5G’da ishlovchi olti kamerali yubiley flagmanini ham tayyorlamoqda!

Bundan tashqari, Galaxy M20 qurilmasini Antutu benchmarkida ham tekshirib ko‘rishdi va bu sinov yuqoridagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Mana, unda aks etgan jihatlar quyidagicha:

Aytish kerakki, Galaxy M turkumi ushbu ishlab chiqaruvchining Galaxy J, Galaxy On va Galaxy C seriyalaridagi smartfonlari o‘rniga, 2019 yil boshida chiqariladi. Uning ayni damgacha bozorga chiqarilgan aksariyat modellardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.