Samsung va Apple’ning uch yillik sudi yakunlandi: mag‘lub 120 million dollar to‘laydi

  •   DiMaX
  •  2413
  •  08.11.2017 11:01

Samsung va Apple’ning uch yillik sudi yakunlandi: mag‘lub 120 million dollar to‘laydi

AQSh Oliy sudi, nihoyat, Samsung va Apple o‘rtasida 2014 yildan buyon davom etib kelayotgan nizolarga nuqta qo‘ydi. Bu haqda The Verge nashri ma’lumot bergan.

O‘shanda kupertinolik korporatsiya patent huquqini buzganlikda ayblab, o‘zining asosiy raqobatchisi bo‘lmish Samsung’ni sudga bergan edi. Uning da’vosiga ko‘ra, koreyalik kompaniya Apple’ning ikkita texnologiyasi bo‘yicha patentga rioya qilmagan: ekranni slide-to-unlock usulida blokdan chiqarish hamda ma’lumotlarni avtomatik tarzda interfaol havolalarga aylantirish.

Apple’ning ishtahasi ham chakki emas ekan – u har bir sotilgan Galaxy smartfoni uchun tovon to‘lashni talab etgan! Umumiy hisobda esa bu naq 120 million dollarni tashkil etadi.

O‘QING: Universitet sudda Apple’ni yarim milliard dollarga tushirdi!

O‘shanda sudning hukmiga ko‘ra Samsung aybdor deb topilgan edi, ammo 2016 yilgi apellyasiyadan keyin bu qaror bekor qilindi. Keyin esa endi Apple bunga qarshi yana ariza berdi va sud yana cho‘zilib ketdi.

Va nihoyat, AQShning eng yuqori turuvchi sud idorasi – Oliy sudda bu masalaga uzil-kesil nuqta qo‘yildi. Endi Samsung patent huquqini buzganligi uchun Apple’ga o‘sha 120 million dollarni to‘lab beradigan bo‘ldi. Tabiiyki, koreyalik kompaniya bundan norozi – uning nuqtai nazariga ko‘ra, Apple mavjud bo‘lmagan patentlardan «adolatsiz daromad» olyapti.

Ammo bu ikki texnogigantning «patent janglari» shuning o‘zi bilangina tugab ketmaydi. Kelgusi yilning may oyida sudyalar Apple’ning yana bir da’vo arizasini ko‘rib chiqishadi. Uning da’vosiga ko‘ra, iPhone dizaynini noqonuniy tarzda o‘zlashtirib olgani uchun Samsung 400 million dollar to‘lashi kerak emish. Buni qarang-a!

O‘QING: Apple va Samsung yana sudda ko‘rishishadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!