Samsung yana jarimaga tortildi: bu safar naq 400 million dollarga

  •   Saroy
  •  999
  •  20.06.2018 16:25

Samsung yana jarimaga tortildi: bu safar naq 400 million dollarga

May oyida Samsung kompaniyasiga bir vaqtlar iPhone dezaynini ko‘chirib olgani uchun Apple foydasiga 539 million dollar jarima solingan edi, endi esa Texas shtati okrug sudi kompaniyani yana bir bor yirik miqdorda jarimaga tortdi.  Bu safar  kompaniya Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti KAIST foydasiga 400 million dollar to‘lashi kerak.

Samsung FinFET-tranzistorlari texnologiyalariga potent olish tartiblarini buzganlikda ayblanmoqda. Ushbu texnologiya zamonaviy protsessorlarga va boshqa mikrosxemalarga ishlatiladi.  KAIST ilgari surayotgan ayblov bo‘yicha Samsung  ushbu texnologiyani ishlab chiqarishda ishtirok etmagan va loyihani istiqbolsiz, deb hisoblagan. Biroq, Intel ixtironi litsenziyalashtirgandan keyin hamda FinFET bazasida o‘z yechimini yaratatishni boshlagandan keyin hammasi o‘zgargan.

O‘QING: Biz sotib ololmaydigan 512 GB’li Samsung Galaxy Note 9

Tabiiyki, Samsung bu ayblovlarni inkor etdi. Ularning ma’lum qilishicha, kompaniya   KAIST instituti bilan hamkorlik qilgan, shu sababli hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilmagan. Ustiga -ustak javobgar patentning haqiqiyligi bo‘yicha ham bahslashishga umid qilgandi, lekin bu urinishdan ham hech narsa chiqmadi.

Sud ushbu qonunbuzarlikni atay qilingan, deb topdi, bu esa,  tavon puli miqdori 1.2 milliard dollargacha ko‘tarilishi mumkin, deganidir.  Bu qarordan Samsung rozi emas va apellyasiyaga berishni mo‘ljallayapti.

Jarima to‘lash muammosiga birgina  Samsung aralishib qolgani yo‘q, albatta. Qualcomm va GlobalFoundries ham KAIST potentini buzganlikda ayblandi, ammo ular jarimadan qutilib qolishgan

O‘QING: Samsung sir tutib kelayotgan ikki ekranli buklama smartfonning suratlari paydo bo‘ldi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.