Samsung yangi dizayndagi smartfon ishlab chiqaradi

Samsung yangi dizayndagi smartfon ishlab chiqaradi

Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar smartfonlarini maksimal ravishda to‘liq ekranli, displey yuqori qismini har xil tirqish, “qirqim” va kemtiklarsiz qilishga harakat qilishmoqda. Bunga erishish uchun kompaniyalar turli konstruksiyalarni sinab, ko‘plab eksperimentlar qilib kelishmoqda.

Ayrim ishlab chiqaruvchilar asosiy kamerani selfi kamera sifatida ham ishlatish maqsadida, orqa panelga qo‘shimcha displey o‘rnatishga qaror qilishgan. Misol uchun, Vivo NEX Dual Display va Nubia X shunday modellar qatoriga kiradi.

Endi esa, aylanuvchi kamerali, eksperimental Samsung Galaxy A80’dan so‘ng, kompaniya Galaxy A lineykasi doirasida ikkita displeyli smartfonni ishlab chiqarmoqchi. Janubiy Koreyalik texnogigant ikki ekranli smartfon dizaynini patentladi.

O‘QING: Ikkita ekran nimasi!? LG uchta sensor ekranli buklama smartfon patentladi!

Samsung Galaxy’ning orqa paneldagi qo‘shimcha displeyli smartfoni uchun patenti Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan e’lon qilingan.

Samsung Dual Display Патент для смартфона

Patentga ilova qilingan suratdan ko‘rish mumkinki, telefon old paneli to‘laligicha displeydan iborat. Shuningdek, old kamera mavjud emas. Orqa tarafda esa qo‘shimcha displey o‘rnatilgan bo‘lib, u old paneldagisidan ko‘ra deyarli ikki karra kichikroq. O‘lchamiga qaraganda ushbu displey asosan selfilar olishga mo‘ljallangan. Barmoq izlari va dog‘lar qolmasligi uchun displey orqa panelning yuqori qismiga joylashtirilgan.

Qolaversa, patentdagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, qaysidir displeydan foydalanilmayotgan vaqtda, smartfon quvvatini tejash uchun o‘chirib qo‘yish mumkin. Kerak bo‘lib qolgan vaqtda esa yana qayta yoqib, ishlatish mumkin.

Samsung yaqinda yangilangan Galaxy A seriyasi ustida ko‘plab eksperimentlar qilib ko‘rdi va katta ehtimol bilan, ikkita displeyli smartfon shu lineyka doirasida ishlab chiqarilishi mumkin.

O‘QING: Ikkita ekranli, bitta quvvatda 30 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soat yaratildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.