Samsung'dan elektromobil kutmang!

Samsung'dan elektromobil kutmang!

Bugungi kunda elektromobillar sanoati jadal rivojlanmoqda va dunyodagi ayrim gigant avto-kompaniyalar o'zlarining elektromobillarini chiqarishni rejalashtirayotganliklari sir emas. Hatto avtomobil ishlab chiqarishga aloqasi bo'lmagan Apple va Xiaomi kabi kompaniyalar ham ushbu sanoatga o'z qiziqishlarini bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ular qatorida Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bor. Nega bo'lmasin? Axir kompaniyaning turli bo'limlari allaqachon yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni kerakli komponentlar bilan ta'minlaydi va shunday ekan, u uchun elektromobillar sanoatiga kirish muammo bo'lmaydi. Biroq, so'nggi yangiliklarga qaraganda Samsung o'z brendi ostida elektromobillar ishlab chiqarmaydi.

The Korea Times nashrining Samsung kompaniyasini ikki yuqori martabali rahbarlari bergan ma'lumotlarga asoslanib xabar berishicha, kompaniya quyidagi ikki sabablarga ko'ra o'zining elektrokalarini chiqarmaydi.

Birinchi sabab shundaki, kompaniyaning ushbu segmentga kirishi unga barqaror daromad keltirmaydi. Ikkinchisi esa, hozirda elektromobillar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar uchun komponentlar ishlab chiqaruvchisi sifatida, Samsung o'z mijozlari bilan raqobatchi bo'lib qolishni istamaydi.

"Elektromobillar biznesida Samsung'da dizaynga asoslangan hali qilinishi kerak bo'lgan hali ko'plab ishlar bor. Bu kompaniyaga qimmatga tushishi va kafolatlanmagan qiymatga ega bo'lishi mumkin" deydi rahbarlardan biri.

Smartfon ishlab chiqarishda Samsung yetarlichi kuchli raqobatchilarga ega va bu kompaniyaning daromadi tushishiga olib keladi. Shuning uchun ham kompaniya ko'proq foyda olish uchun kompaniya o'zining komponentlar bilan ta'minlash biznesiga ko'proq ishonadi.

Ta'kidlash joizki, hozirda Samsung avtonom haydash chiplari, kamera modullari, batareyalar va OLED displeylari kabi qismlar bilan Tesla, Hyundai, BMW, Audi, Rivian va boshqa bir nechta kompaniyalarni ta'minlaydi. Shunday qilib, agar Samsung elektromobillar ishlab chiqarish biznesiga qadam qo'ysa, u yuqorida sanab o'tilgan o'z mijozlari bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi va kompaniya Apple'ga nisbatan qariyb o'n yil davom etgan patent buzilishi bo'yicha da'vosiga o'xshash vaziyatga tushib qolishni istamaydi.

"Har doim rozilikka qaratilgan boshqaruv haqida xabardor bo'lish, Samsung o'zining Apple bilan kurashidan olgan muhim bir saboqlardan biridir" deydi rahbarlarning yana biri.

Shunday ekan, Samsung'dan Galaxy Car Ultra elektromobilini S Pen bilan chiqarishini kutib ovora bo'lmang.

O'QING: Kelajak buklamafoni va noutbuki ko'rsatildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!