Samsung’ning yana bir arzon smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  1223
  •  26.12.2019 09:41

Samsung’ning yana bir arzon smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Janubiy koreyalik texnogigant 2019 yilning fevralidaa Galaxy M30, sentyabrida esa Galaxy M30s smartfonlarini taqdim etgandi. Shuningdek, avgust oyida Galaxy M21, Galaxy M31 va Galaxy M41 modellari haqida ham ma’lumot paydo bo‘lgan.

O‘QING: Galaxy S11’ni esdan chiqaring – o‘rniga Galaxy S20 tayyor!

Endi esa Galaxy M31 smartfoni taqdimotdan avval Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi. SM-M315F model raqami bilan benchmarkda tekshiruvdan o‘tgan devays yakka yadroli testda 348 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 1214 ball olgan.

Geekbench ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, Galaxy M31 modeli Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi va uning tezkor xotirasi 6 gigabaytlik. Avvalroq tarqalgan xabarlarda uning Snapdragon 665 bazasiga qurilishi aytilayotgan edi, ammo benchmark uning Exynos 9611 chipsetiga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, ushbu arzon smartfonning bosh kamerasi 48, 12 va 5 megapiksellik uchta modulni o‘z ichiga oladi.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng xaridorgir smartfonlar (2019 yil, dekabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!