Sanksiyalarga qaramay, Huawei naq 17 xil smartfonini Android Q’gacha yangilaydi!

  •   DiMaX
  •  577
  •  21.06.2019 10:07

Sanksiyalarga qaramay, Huawei naq 17 xil smartfonini Android Q’gacha yangilaydi!

Google taqiqlasa-da, Huawei baribir Android Q asosidagi EMUI 10’ni sinovdan o‘tkazayotgani haqida «jonli» videosi bilan xabar berganmiz. Uning ushbu apdeytni qabul qiladigan smartfonlari ro‘yxati esa avvalroq e’lon qilingan edi.

O‘QING: Atigi uch soniyadayoq 15 million dollarlik sotilgan smartfonni bilasizmi?

Android Central nashriga ko‘ra, Android Q operatsion tizim talqinigacha yangilanadigan Huawei smartfonlari safi kengaygan – mazkur ro‘yxat 17 ta modelni o‘z ichiga oladi.

Mana ular:

  1. Huawei P30 Pro (sotib olish)
  2. Huawei P30 (sotib olish)
  3. Huawei Mate 20
  4. Huawei Mate 20 Pro
  5. Huawei PORSCHE DESIGN Mate 20 RS
  6. Huawei P30 Lite (sotib olish)
  7. Huawei P Smart 2019 (sotib olish)
  8. Huawei P Smart+ 2019
  9. Huawei P Smart Z
  10. Huawei Mate 20 X
  11. Huawei Mate 20 X (5G)
  12. Huawei P20 Pro
  13. Huawei P20 (sotib olish)
  14. Huawei Mate 10 Pro
  15. Huawei PORSCHE DESIGN Mate 10
  16. Huawei Mate 10

Xitoylik texnogigantning Honor brendiga mansub smartfonlari bu ro‘yxatga kiritilmagan – aftidan, ularni alohida e’lon qilishsa kerak. Shuningdek, Android Q asosidagi proshivka bularga qachon tarqatilishi ham hozircha noma’lum. Hozirgacha bozorga chiqqan Huawei smartfonlarining aksariyatini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!