Sayohatlar uchun Google yangi servisni yo‘lga qo‘ydi – endi hammasi bittada!

  •   DiMaX
  •  505
  •  17.05.2019 10:55

Sayohatlar uchun Google yangi servisni yo‘lga qo‘ydi – endi hammasi bittada!

Qidiruv giganti o‘z foydalanuvchilariga turli sayohatlarda asqotuvchi bir qator xizmatlar ko‘rsatadi – xorijda otel izlashdan tortib xaritalargacha. Endi esa Google shularning barini o‘zida jamlagan, aynan sayyohlarga mo‘ljallangan yangi saytini ishga tushirdi.

O‘QING: Google Xarita smartfon batareyasining “charchab” qolgani haqda ogahlantiradi

Google’ning yangi servisi https://www.google.com/travel manzilida joylashgan bo‘lib, unda diqqatga sazovor joylarni izlash, aviachipta va mehmonxonalardan joy topish, shuningdek, shu kabi xizmatlardan foydalanish tarixingizni ko‘rish mumkin.

Agarda pochtangizda sayohat bilan bog‘liq biror to‘lov cheki, bron qilganingizni tasdiqlovchi xat mavjud bo‘lsa, yangi servis ularni ham ko‘rsatadi. Shuningdek, bu saytda safarni rejalashtirish qulay: biror shaharni tanlash, undagi e’tiborga loyiq ob’yektlarni belgilash, mos keluvchi turdagi chipta va oteldan joy band qilish kabi xizmatlarning bari mavjud.

Yangi saytga sayyohlikka moslangan qidiruv ham integratsiya qilingan. Deylik, shahar nomini kiritishingiz bilan Google undagi diqqatga sazovor va tarixiy joylarni, o‘sha shaharga eltuvchi reyslarni taklif etadi. Ya’ni, standart qidiruv xizmati orqali har birini alohida izlab yurishga endi hojat yo‘q.

Anglaganingizdek, yangi sayt Google’ning avval har biri alohida mavjud bo‘lgan turli sayohat servislarini o‘zida birlashtirgan. Ularning barchasi servisning kompyuter versiyasida ham, smartfonlarda ham ishlashi esa yanada qulaylik tug‘diradi. Deylik, Google akkauntingiz orqali uydagi yoki ishxonadagi kompyuteringizda saytga kirib, sayohatni rejalashtirishingiz, keyin esa smartfon, planshet yoki noutbukingizda o‘sha reja orqali davom ettirishingiz mumkin.

Xo‘sh, yanada qulaylashtirilgan servisdan foydalanib ko‘rgingiz bormi? Unda Google’ning sayohat saytiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Sayyohlar uchun muhim interfaol xarita: qayerlarga borish yoki qayerlardan kelishda viza kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!