Saytlardagi parollaringizni iPhone’da ko‘rish usuli va buning xavfli tomoni bor

  •   DiMaX
  •  377
  •  07.11.2019 16:30

Saytlardagi parollaringizni iPhone’da ko‘rish usuli va buning xavfli tomoni bor

Apple smartfonlaridagi Safari brauzeri siz kirgan saytlardagi login va parollaringizni saqlab qola oladi. Shu boisdan ham, keyingi gal o‘sha saytni ochganingizda, u sizdan parol so‘rab o‘tirmaydi.

O‘QING: Wi-Fi parolini Android-smartfon orqali aniqlasa bo‘ladi!

Parolni qayta so‘ramasligi – qo‘shimcha qulaylik, albatta, ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Zarurati bo‘lmagani bois siz parolingizni esdan chiqarib qo‘yishingiz mumkin va ayni shu ayfondagi Safari’dan boshqa har qanday brauzer orqali akkauntingizga kirish muammoga aylanadi.

Apple shuni ham inobatga olib, parollar haqidagi ma’lumotlarni maxsus joyda saqlab qo‘yiladigan qilgan. Shu sababli, agarda biror saytdagi login va parolingizni tezda aniqlash kerak bo‘lib qolsa, iPhone’ingizda mana bu amallarni bajarishingiz lozim:

  1. Smartfonning sozlamalari – «Nastroyki»ni ochasiz va «Paroli i uchetnie zapisi» bo‘limiga kirasiz.
  2. «Paroli saytov i PO» bo‘limiga o‘tsangiz, u yerda saqlangan ma’lumotlarning katta ro‘yxatini ko‘rasiz.

  1. Shu ro‘yxatda kerakli saytning nomi ustiga bossangiz, undagi profilingiz logini va paroli aks etadi.

Lekin bu funksiyaning bir xavfli jihati ham bor. iPhone’ingiz kod, barmoq izi yoki yuzni tanish tizimi orqali muhofaza etilmagan bo‘lsa, uni qo‘lga kiritgan shaxs sizning turli saytlardagi login-parollaringizni ham ko‘ra oladi.

O‘QING: Siz yo‘qligingizda smartfoningizni kim olganini ko‘rsatuvchi ilova bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.