Sayyoramizdagi 4 milliard yillik evolyusiyani 4 daqiqalik videoda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1275
  •  03.08.2021 15:44

Sayyoramizdagi 4 milliard yillik evolyusiyani 4 daqiqalik videoda ko‘ring!

Taxminan 4,5 milliard yilcha avval Quyosh tizimida cho‘g‘langan jins shakllangan va oxir-oqibatda u biz Yer deb ataydigan sayyoraga aylangan. Rassom va kompyuterchi olim Devid A. Roberts sayyoramizning evolyusiyasi tarixini qisqa videoda ko‘rsatib berdi.

O‘QING: Ichkarida nima bor: Yer yadrosi haqida

Epik tarix favqulodda qaynoq protoplanetadan boshlanadi, uning yuzasi kraterlar bilan to‘lgan bo‘lib, asta-sekinlik bilan barqaror olamga aylana boradi. Video sayyora yuzasining yassi ko‘rinishiga o‘tadi, unda taxminan 3 milliard yil avval shakllana boshlagan plitalar tektonikasi ko‘rsatiladi.

Evolyusiyaning vaqt shkalasi bo‘ylab harakatlanib, Roberts ajoyib manzaralarni, sayyora yuzasidagi suvni, ko‘tarilib kelayotgan qit’alarni ko‘rsatadi. Lavha so‘ngida esa butun dunyo bo‘ylab barcha qit’alarda porlagan chiroqlarni, ya’ni, sayyoramizda odamlar sivilizatsiyasi shakllanganini ko‘rsatgan.

O‘QING: Yerdagi milliard yillik evolyusiyani ko‘rsatuvchi qisqa videoni tomosha qiling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!