Selfi fojealari: olti yilda 260 ta qurbon

  •   Saroy
  •  687
  •  15.10.2018 17:22

Selfi fojealari: olti yilda 260 ta qurbon

Selfi, deb hayotdan ko‘z yumish. 2018 yilgi global tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, 2011 yildan to 2017 yilgacha bo‘lgan davrda xatarli selfi qilib halok bo‘lgan odamlar soni 259 kishini tashkil etgan.

AQSh Milliy tibbiyot kutubxonasi tadqiqotchilari xavfli joylarda selfiga tushishni ta’qiqlaydigan belgilar qo‘yish kerakligini tavsiya qilmoqdalar. Bunday chora oz bo‘lsada o‘lim holatlarini kamaytiradi.

Xavfli joy deganda, ular tog‘ cho‘qqilarini yoki qoyalarni, baland binolarni, suv hovzalari qirg‘oqlarini va boshqa o‘lim hodisalari ko‘p uchraydigan noqulay joylarni nazarda tutmoqda.

Ruminiyadagi fabrika trubasi og‘zida selfiga tushish, yana birovning yelkasiga chiqib olib – selfi shunday tavakkalchilik qilishga arziydimi?

O‘limga olib keluvchi sabablardan eng keng tarqalganlari, tadqiqotlarchilarning hisob kitobicha, cho‘kib ketish, yo‘l transport hodisalar va balandlikdan tushib ketish hisoblanadi.

Shuningdek xabarlarda elektr toki urish, xavfli hayvonlarga yaqinlashish, yong‘in va o‘q otar qurollardan qurbon bo‘lganlar haqida ham ko‘p yoziladi.

O‘QING:Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uelsida qoyada selfi qilaman, deb bir yigitcha pastga tushib ketgan. Sentyabr oyida esa, Tomer Frankfurter Kaliforniyadagi Yosemit milliy bog‘ida   250 metrlik balandlikdan yaxshiroq selfi qilaman, deb pasiga qulagan. Shu hamda boshqa baxtsizliklar tadqiqot mualliflari tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi.

Natijada esa, ular shunday xulosaga kelishdi: selfiga tushaman deb eng ko‘p o‘lim hodisasi Hindistonda qayd etilar ekan. Undan keyin Rossiya, AQSh va Pokiston turadi. Qurbon bo‘lganlarning 72,5 foizi erkaklar ekan.

Shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadqiqotlar Vikipediya va “Tvitter”da berilgan ma’lumotlarga asoslangan, biroq AQSh Milliy tibbiyot kutubxonasi xodimlarining ta’kidlashicha, ular ma’lumotlarni qisqacha qilib bergan.

Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘lim hodisalari yildan yilga o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda. Agar 2011 yilda atigi uchta shunday fojea qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yilda ular soni 98 taga yetgan,  2017 yilda esa  93 o‘lim yuz bergan.

Shunga qaramay, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, selfi-fojealarning soni har doim ham aniq berilmaydi. Bunday hodisalar aslida ko‘p bo‘lishi ham mumkin, chunki selfi qilishga urinish chog‘ida halok bo‘ldi, deb hech qayerda rasman ko‘rsatilmaydi.

O‘QING:Antiqa reyting: halokatli selfilar bo‘yicha kimlar yetakchi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.