Shaffof korpusli Xiaomi Mi 8’ni «jonli» va rasmiy video hamda suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3570
  •  25.05.2018 15:46

Shaffof korpusli Xiaomi Mi 8’ni «jonli» va rasmiy video hamda suratlarda ko‘ramiz!

Xabaringiz bor – Xiaomi korporatsiyasi 31 may kuniga matbuot anjumani tashkillashtiryapti. Unda kompaniya taqdim etishni rejalashtirgan bir qator gadjetlar orasida Mi 7 hamda Mi 8 smartfonlari ham bor.

O‘QING: Qoyilmaqom Xiaomi Mi 7’ni «jonli» video va sifatli suratlarda har tomonlama tomosha qilamiz!

Xitoylik insayderlar Xiaomi Mi 8 flagmanining ham «jonli» videosi va suratlarini taqdimotdan avval tarqatib yuborishdi. Jumladan, quyidagi rasmda korpusining orqa paneli butkul shaffof bo‘lgan talqini ko‘rsatilgan:

Aniqlanishicha, ushbu flagman 6,2 dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlanadi, displeyning piksellar sig‘imi 2280x1080, ya’ni u Full HD+ formatida. Qurilma samaradorligini 2,8 GGs takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori ta’minlaydi. Uning jamlanmasida Adreno 630 grafik tezlatgichi hamda 1,2 Gbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashishga qodir X20 LTE mobil modemi ham bor. Mana, quyidagi suratda smartfonning asosiy xususiyatlariga nazar solamiz:

O‘zingiz ham anglab yetganingizdek, Xiaomi Mi 8 smartfoni qo‘shaloq (20 + 16 megapikselli) asosiy hamda yakka (16 megapikselli) old kameralarga ega. 3300 mA/soat sig‘imli batareyasi Quick Charge tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Lekin bitta jihatiga e’tibor berish kerak: insayderlar ta’kidlaganidek, smartfon ekrani IPS texnologiyasi bo‘yicha ishlangan bo‘lsa, u holda bu ekranga barmoq izi skanerini o‘rnatib bo‘lmaydi. Holbuki, hozirgacha Mi 8 displeyi AMOLED matritsali bo‘lib, unga daktiloskopik skaner integratsiyalanishi aytib kelinayotgan edi.

O‘QING: Ish holatidagi Xiaomi Mi 8 «jonli» videoda: barmoq izi skaneri ekranda ekan!

Insayderlar tarqatib yuborgan quyidagi rasmiy suratda esa ekran tepasidagi katta «kemtik» mavjud, unga to‘laqonli yuz skaneri – 3D Face datchiklari ham o‘rnatilgan:

Mi 8 korpusining qalinligi atigi 7,8 millimetrga, telefon vazni esa 172 gramga teng. Korpusida zamonaviy USB Type-C porti mavjud. Devays 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega. Unga Android 8.1 Oreo talqiniga asolangan MIUI 9 proshivkasi o‘rnatilgan va yangilanishlarni tezkorlikda oluvchi Project Treble funksiyasi mavjud. Shu tariqa, Xiaomi’ning sakkiz yilligiga bag‘ishlangan smartfon yuksak texnik ta’minotga ega.

Navbatdagi «jonli» rasmda esa ish holatidagi Mi 8 flagmanini ko‘ramiz:

Va nihoyat, quyida Xiaomi Mi 8 flagmanining «jonli» videosini tomosha qilishingiz mumkin:

via Gfycat

Guvohi bo‘lganingizdek, mazkur smartfon korpusining orqa qopqog‘i nafaqat shishadan, balki hatto shaffof qilib ishlangan. Bunaqa yechim hozirgacha bozorga chiqarilgan flagman smartfonlarda uchramaydi.

Darvoqe, hali 31 may kuni rasman taqdim etiladigan Xiaomi Mi 8 smartfonining narxini Xitoydagi do‘konlar allaqachon e’lon qilib qo‘yishgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 8’ning narxlari allaqachon do‘konlarga chiqdi («jonli» suratlar)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!