Sharpa treyderlar: firibgarlar pulingizni umarishning yangi usulini qo‘llamoqda

  •   Saroy
  •  1967
  •  28.07.2018 17:00

Sharpa treyderlar: firibgarlar pulingizni umarishning yangi usulini qo‘llamoqda

Garchi, hozirda kriptovalyuta vasvasasi biroz tingan bo‘lsada, oddiy fuqaro uchun ular hali ham qandaydir sirli va o‘ziga tortuvchi ohangrabo bo‘lib tuyuladi. Firibgarlar uchun esa aynan shu kerak.

Odatda jinoyatchilar telefoningizga qo‘ng‘iroq qilib (telefon raqamingizni qanday bilishgan – bu alohida mavzu), sizga katta daromad va’da  qiladi va buning uchun sizdan hech bir harakat talab etilmasligini qo‘shib qo‘yadi. Aslida shu gapning o‘zi sizni xushyor torttirishi kerak, chunki bunaqasi faqat ertaklarda bo‘ladi yoki sizni aldab, pulingizga ega bo‘lish uchun qilinadi.

O‘QINGUzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda

Firibgarlar qo‘ng‘iroq qilib bankdagi jamg‘armangizni “professional treyderlarga» berishingizni so‘raydi. Orqasidan, treyderlar sizning pulingizni kriptovalyutaga joylashtirishini, chunki hozirda mazkur bozor tez o‘sayotganini va topgan daromadingizdan bir ikki foiz olishini qo‘shib qo‘yadi.

«O‘tgan yili dekabrda bitlar 20000 dollar turardi, endi sotib olish uchun ayni vaqt keldi, chunki u yana qimmatlashishda davom etadi», — ular taxminan shunday gaplar bilan “mijozlarini” qurbonlikka tayyorlaydilar.

Agar siz bu taklifga rozi bo‘lsangiz, sizga ularning “kompaniya”sida hisob ochishingizni va smartfonga ilova o‘rnatib kriptovalyuta yig‘ishni boshlashingizni so‘raydi. Agar ushbu damda sizning pulingiz bo‘lmasa, ular sizga kredit rasmiylashtirishga ham yordam berishi mumkin. Chunki ularning gaplariga qaraganda, siz kreditni yangi daromad bilan ko‘z ochib yumguncha qoplay olasiz. Amur viloyatida bir fuqaro bilan xuddi shunday voqea sodir bo‘ldi. U tez boyib ketish dardida qariyb yarim million rubl pulini kriptovalyuta firibgarlariga berib yubordi.

O‘QING:Eski qo‘shiq yangicha ohangda: Rossiyada telefon firibgarlari o‘z qurbonlarini yangicha usulda ovlamoqda

Shundak keyin «treyderlar» pulingizni kriptovalyuta birjasiga joylashtirish jarayonini boshlaydi. Ular bu borada muvaffaqiyat qozanadimi yoki yo‘qmi, siz uchun natija bir xil tugaydi: «Birjada qulash sodir bo‘ldi, biz bunaqasini avval hech ko‘rmagan edik, agar siz yana ozroq pul bersangiz barcha yo‘qotilgan mablag‘larni qaytarib olamiz». Keyingi safar ham natija shunday bo‘lishini bilish qiyinchilik tug‘dirmasa kerak. Chunki, treyderlar sizning pulingiz uchun ham, birjadagi voqea uchun javobgar emas. Shunday ekan, ularga  nisbatan hech qanday da’vo qilolmaysiz.

Oramizda  «kriptovalyuta» va «bitkoinlar» so‘zini eshitganda es-xushini yo‘qotadiganlar istagancha topiladi: bir qiz “yirik birja vakiliga” pasportining fotosuratini hamda bank kartasini jo‘natadi.  Firibgarlar sodda odamlarni  o‘zlari hohlagan ko‘yga soladi, hatto ularni mobil qurilmalarida kriptovalyuta hamyonini to‘g‘rilab olish bahonasida turli harakatlarni amalga oshirishga majbur qiladi.

Bunday «treyder»larning  “mijozlar” ko‘lami juda  keng: bir oyda 5-7 ming kishining boshini qotirishga ulgirishadi, ularning taxminan o‘n nafari qarmoqqa tushadi. Rozi bo‘lgan “mijozga” kriptovalyuta bozorida savdo  muvafaqiyatli ketayotgani haqida qandaydir chizmalar ham jo‘natiladi, uning ko‘z o‘ngida vertual hisobi oshib boradi, unga jadvallar va boshqa ko‘plab xursand qiladigan narsalar ko‘rsatiladi, orada firibgar o‘z hisobiga yana ozroq pul o‘tkazishni ham so‘raydi. Qachonki, jinoyatchilar “mijozni” oxirigacha sog‘ib bo‘lganini tushinib yetgach, hisob shu zahotiyoq nolga tushiriladi va "mijoz" pulini boshqa hech qachon ko‘rmaydi.

«Kriptovalyuta birja»sidan qo‘ng‘iroq qiluvchilar sizning bank kartangiz ma’lumotlarini, (go‘ya kriptovalyuta hamyonini ochish uchun kerak deb) SMS-tasdiqlov kodlarini hujjatlaringiz skaner nusxalarini so‘rab olishi, hatto kredit olishga ham ko‘ndirishi mumkin. Kreditingizni ham olib qo‘ygandan keyin siz “mohir treyder” uchun kreditni to‘lab yurishingizga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan ko‘rmagan-bilmagan odamlarga ishonavermang,  xushyor bo‘ling, deya alohida ta’kidlanadi ushbu xabarda.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!