Shaxsiy virtual makoningiz bo‘ladi: yolg‘iz ishlashni istaydiganlar uchun

  •   Saroy
  •  498
  •  18.10.2018 10:47

Shaxsiy virtual makoningiz bo‘ladi: yolg‘iz ishlashni istaydiganlar uchun

Katta idoralarda kishini asosiy ishidan chalg‘ituvchi ko‘plab faktorlar mavjud. Suhbatlar, qo‘ng‘iroqlar, hamkasblarning u yoqdan bu yoqqa yurishi, shovqin va shunga o‘xshash sabablar. Yaqinda tashqi dunyodan himoyalash va e’tiborni faqat ishga qaratish uchun Wear Space shlemi yaratildi.

Ushbu shlem odamning ko‘zlari nigohidan atrofni yopib turadi va uni faqat to‘g‘riga qaratadi, ya’ni  e’tiborni asosiy ishga jalb etadi. Shaxsiy makonni yaratishda qo‘shimcha effekt sifatida shlemga shovqinni o‘tkazmaydigan quloqchin ham o‘rnatilgan. Bundan tashqari, shlem hamkasblar uchun sizning ayni damda  ish bilan bandligingizga, yaxshisi sizni bezovta qilmaslikka ham ishora beradi.

O‘QING:IFA-2016: Alcatel avtonom VR-shlemni taqdim qildi

Quloqchinda Bluetooth orqali istalgan musiqani translatsiya qilish mumkin. U bir zaryadkadan keyin shovqin qaytargichi bilan birga 20 soat ishlaydi, deb ma’lum qiladi The Verge resursi.

Shlemni  Panasonic’ning Future of Life deb nomlangan dizayn studiyasi ishlab chiqmoqda, ammo mahsulot hozircha ular nomida e’lon qilinmayapti. Gadjetga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida yaponcha saytlarning birida kraudfanding kampaniyasi ishga tushirildi. Loyihaga  15 million  iyena to‘planishi kerak ekan.

O‘QING:DeePoon M2 VR-shlemiga smartfon ham, kompyuter ham kerak emas

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!