Sirli jonivor surati internet ahlini hayratga soldi – uni hatto Google ham tanimadi!

  •   DiMaX
  •  1496
  •  31.10.2018 17:52

Sirli jonivor surati internet ahlini hayratga soldi – uni hatto Google ham tanimadi!

Internet foydalanuvchilari ayrim hollarda qiziqarli, jumboqli rasmlar ustida muhokamalar qilib turishadi. Masalan, yaqinda noma’lum uchar jism janubiy muzliklarga qo‘ngani haqidagi xabar shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: «Antarktidaga o‘zga sayyoraliklar fazo kemasi qo‘ndi!»

Robert Maguayr ismli foydalanuvchi Twitter orqali bitta jonivorning suratini e’lon qildi. Bir qarashda u qarg‘aga o‘xshab ketsa-da, aslida unday emas.

Yaxshilab qarasangiz, qarg‘aning tumshug‘iga o‘xshab ko‘ringan narsa aslida mushukning bitta qulog‘i ekanligini ko‘rasiz. Uning bitta ko‘zi xuddi qarg‘aning ko‘zidek bo‘lib ko‘rinib turibdi, ikkinchisi esa pastroqda.

Twitter foydalanuvchilarining aksariyati, agarda Maguayr o‘zi aytmaganida, rasmdan mushukni topa olmasliklarini tan olib yozishgan. Ayrimlar uni «Shredinger mushugi» deyishgan.

Nafaqat odamlar, balki hatto «sun’iy ong» ham bu rasmdagi jonivorni taniy olmagan. Google Images servisi uni Amerika qarg‘asi, deya tavsiflagan.

Nima ham derdik, mushuklar hatto niqoblanishga ham usta...

O‘QING: Facebook'da iPhone aks etgan qadimiy surat e’lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.