Skanerli romsiz ekranga ega Vivo X21 smartfoni to‘rt versiyada chiqariladi

  •   DiMaX
  •  1253
  •  06.03.2018 10:20

Skanerli romsiz ekranga ega Vivo X21 smartfoni to‘rt versiyada chiqariladi

Keyingi paytlarda Vivo kompaniyasi taqdim etilayotgan smartfon modellari soni bo‘yicha ham, smartfonlarga innovatsion texnologiyalarni birinchi tatbiq etish bo‘yicha ham ancha oldinga o‘tib olgan. Mazkur ishlab chiqaruvchi o‘zining navbatdagi Vivo X21 telefonini to‘rt xil versiyada tayyorlayotgani haqida kechagina xabar tarqaldi.

O‘QING: Vivo tag‘in oldinda: old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon! (+video va fotolar)

Xitoyda ro‘yxatga olingan Vivo X21 modifikatsiyalari quyidagicha nomlanadi: Vivo X21, X21UD, X21A hamda X21UD A. Xabarlarga ko‘ra, bulardan dastlabki ikkitasi ilg‘or texnik va dasturiy ta’minotga ega, qimmatbaho smartfonlar bo‘ladi. Qolgan ikkitasi esa o‘rta narx toifasiga mansub telefonlar bo‘lishi kutilmoqda.

Nomida «UD» markirovkasi bo‘lgan modellarning displeyiga, xuddi Vivo X20 Plus UD qurilmasidagi kabi, barmoq izi skaneri integratsiya qilinadi.

O‘QING: Skanerli displeyga ega smartfonning sotuvga chiqish vaqti va narxi aytildi (+video)

Taxminlarga ko‘ra, Vivo’ning bu smartfonlari uchun ekranlarni Samsung Display yetkazib beradi. Ilg‘or modellarga Qualcomm tayyorlagan Snapdragon 670 protsessori qo‘yilishi kutilmoqda.

Demak, Vivo X21 va uning modifikatsiyalari romsiz ekranga, daktiloskopik datchikning displeyga o‘rnatilishi bo‘yicha yangi texnologiyaga hamda qo‘shaloq asosiy kameraga ega bo‘ladi. Biroq ularning qachon taqdim etilishi va narxlari xususida aniq ma’lumot yo‘q. Kuzatuvchilarning fikricha, bu modellarga 300 – 500 AQSh dollari atrofida narx belgilanadi.

O‘QING: Xitoyda Snapdragon 845'ga ega ilk smartfon taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!