Skanerning keragi yo‘q – uning vazifasini endi istalgan Android-smartfon bajara oladi!

  •   DiMaX
  •  5201
  •  16.10.2019 16:22

Skanerning keragi yo‘q – uning vazifasini endi istalgan Android-smartfon bajara oladi!

Hozirda mobil skaner ilovalari ommalashganligi bois, haqiqiy skaner qurilmalari faqat korxona-tashkilotlarda qolgan bo‘lsa kerak. Quyida Android-smartfonga qo‘shimcha ilova o‘rnatmasdan turib ham matnlarni skanerlash usulini ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Buning uchun siz o‘z smartfoningizga alohida dasturlar o‘rnatishingiz ham shart emas. Gap shundaki, Android tizimli barcha smartfonlarga boshidanoq o‘rnatilgan Google Drive (Google Disk) ilovasining o‘zi ham matnlarni skanerlashga qodir.

Buni quyidagicha amalga oshirasiz:

1. Google Drive ilovasini ochasiz

2. Yuqori chap burchagidagi «+» tugmachasini bosasiz.

3. «Skanirovat» bandini tanlaysiz.

Agarda sizning smartfoningizda Google Disk ilovasi yo‘q bo‘lsa, uni mana bu havola orqali o‘rnatib olsangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!