Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya elektromobillar bozoriga kirib kelmoqda.

Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya elektromobillar bozoriga kirib kelmoqda.

Xiaomi kompaniyasi endi avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi. O‘tgan yili kompaniya elektromobillar bozoriga 10 milliard dollar sarmoya kiritishga va’da bergan edi. 

Elektromobilning prototipi avgust oyida namoyish etilishi kutilmoqda. Avtomobil HVST Automobile Design tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, taqdimot namoyishidan so‘ng uni yo‘llarda testdan o‘tkazish boshlanadi. 

Elektromobillar ishlab chiquvchi Xiaomi Auto va ilmiy-tadqiqot markazi Yijjuan shahrida quriladi. Avtomobillar ishlab chiqarish jarayoni esa 2024 yildan boshlanadi. 

O‘QING: Xiaomi 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfon taqdim etishi mumkin 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.