Smartfon va noutbuk akkumulyatorlari qimmatlashmoqda

  •   Saroy
  •  1115
  •  08.08.2018 16:03

Smartfon va noutbuk akkumulyatorlari qimmatlashmoqda

TrendForce analitik kompaniyasining bo‘limi hisoblangan EnergyTrend 2018 yilning uchinchi choragida litiy-ionli akkumulyatorlarning qimmatlashishi haqida ma’lum qildi. Bunga akkumulyator uchun kerak bo‘ladigan dastlabki materiallarning qimmatlashuvi sabab bo‘lmoqda, deyiladi ushbu xabarda.

O‘QING:Top-5: ishonchli akkumulyatorga ega smartfonlar, ularning yurtimizdagi narxlariTahlilchilarning ta’kidlashicha, 2018 yilning birinchi chorakligida kobalt narxi rekord  darajada qimmatlashdi. Ushbu metall litiy-ionli  akkumulyatorlarga ishlatiladi, natijada 2018 yilning uchinchi choragida uning narxi ham 5–15 foizga oshadi.

Eng kuchli qimmatlashuv litiy-polimerli akkumulyatorlarda kuzatiladi. Ularning narxi 10-15 foizga ortadi.  Bu vaqtda Prizmatik va silindrli batareyalar  tegishlicha, 6-8 foiz va  7-9 foizga qimmatlashadi. Bu qimmatlashuvlar smartfon va noutbuklarning narxiga ham ta’sir qilsa kerak, buni vaqt ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.

O‘QING:Suyuq batareya yaratildi: bu inqilobmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!