Smartfonlarning eng ommalashgan parametrlarini bilasizmi?

  •   Saroy
  •  1672
  •  08.09.2018 16:42

Smartfonlarning eng ommalashgan parametrlarini bilasizmi?

Mashhur AnTuTu benchmarki Android bazasida ishlaydigan smartfonlarda eng keng tarqalgan parametrlarni aniqlashga urinib ko‘rdi.

O‘QING:Nihoyat, Xiaomi eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanini taqdim etyapti!

14,61 foiz foydalanuvchi ko‘nglini 6 dyumli smartfonlarga beragan,  diagonali 5,5 dyuymli smartfonlarga  12,75 foiz foydalanuvchi, 6,2 dyuymlisiga 11,45 foiz smartfon egalari bog‘langan. Qariyb chorak foydalanuvchilar  (24,37%) Full HD (1080 x 1920 pikselli) formatidagi smartfonlarni tutadi.  17,19 foiz foydalanuvchilar Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) formatidagi romsiz smartfondan foydalanadi. Qariyb 16 foizi formati Full HD+ 2248 x 1080 piksel yoki   2280 x 1080 piksel bo‘lgan qirqmasi bor ekranli smartfonlarni ma’qul ko‘rishadi. Shu bilan birga, Android-smartfonlarning yarmi HD yoki undan ham past formatda ishlaydi.

O‘QING:AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)

Bundan tashqari, 73.8 foiz Android-smartfonlarda sakkizyadroli protsessorlar joy topgan bo‘lsa, faqat 21,9 foizi to‘rt yadrolida javlon urmoqda. Smartfonlarning 36,51 foizida  tezkor xotira 6 GB, 31,7 foizi esa 4 GB. Xotira saqlagich chig‘imining eng keng tarqalgani  64 Gigabaytli.   

O‘QING:AnTuTu'da Xiaomi Pocophone F1 eng yaxshi natijani ko‘rsatdi

61 foiz smartfonlar Android Oreo boshqaruvi ostida ishlaydi. Android Nougat ulushi esa  24,07 foizga yetng.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!