Smartfonni endi 13 daqiqadayoq 100 foizga quvvatlash mumkin bo‘ladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1982
  •  20.06.2019 17:47

Smartfonni endi 13 daqiqadayoq 100 foizga quvvatlash mumkin bo‘ladi! (+video)

«Xitoycha Apple» shu yilning aprelida smartfonlarni 100 vattlik quvvat bilan zaryadlovchi Super Charge Turbo texnologiyasini namoyish qilgan edi. uning yordamida 4000 mA/soatlik batareya atigi 17 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulguradi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining 4000 mA/soatlik akkumulyatorlari endi 17 daqiqadayoq butkul to‘ladi! (+«jonli» video)

Vivo kompaniyasi esa undan ham o‘zib ketdi va Super FlashCharge 120W nomli texnologiyani yaratdi. Nomidan ham anglab turganingizdek, unda 120 vattlik quvvatlash usuli qo‘llanadi. Ta’kidlanishicha, 4000 mA/soatlik akkumulyatorni ushbu yangi texnologiya yordamida atigi 13 daqiqadayoq to‘ldirish mumkin.

Weibo ijtimoiy tarmog‘iga Vivo tomonidan joylangan mana bu videoda smartfon akkumulyatorining quvvati 16 soniyada 10 foizdan 14 foizga yetgani aks ettirilgan:

Kompaniyaning da’vo qilishicha, smartfoningizning akkumulyatorini 50 foizga yetkazish uchun Super FlashCharge texnologiyasiga atigi 5 daqiqa vaqt yetarli bo‘ladi. Bungacha ham bozorga chiqarilgan smartfonlar orasida ushbu yo‘nalishda Vivo rekordchi edi – uning iQOO flagmani 44 vattlik texnologiya bo‘yicha zaryad oladi. Tezkor zaryadlashda uning 4000 mA/soatlik batareyasi atigi 15 daqiqada 50 foizga to‘ladi, akkumulyatorning butkul quvvat olib ulgurishi uchun esa jami 45 daqiqa kifoya.

Vivo Super FastCharge 120W texnologiyasining rasmiy namoyishi kelasi hafta Shanxayda tashkil etilayotgan Mobile World Congress 2019 konferensiyasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Kompaniya ushbu tadbir doirasida yana bir yangi ishlanmasini ham namoyish etadi.

O‘QING: «Beshni tashla!»: Vivo ham 5G-smartfon taqdimotiga taklif etyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.