Smartfonni kun bo‘yi qo‘ldan qo‘ymaslik oqibati

  •   Saroy
  •  820
  •  25.10.2018 13:04

Smartfonni kun bo‘yi qo‘ldan qo‘ymaslik oqibati

Xitoyning Chansha shahri fuqarosi hafta davomida smartfonni qo‘lidan qo‘ymadi va natijada  barmoqlarini bukolmay qoldi.

Ayol mehnat ta’tiliga chiqqan edi va kuni bo‘yi telefoni bilan band bo‘ldi. Apparatni u faqat kechalari o‘z holiga qo‘ygan. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin uning o‘ng qo‘li panjalari og‘riy boshladi va barmoqlari unga quloq solmay qo‘ydi.

O‘QING: Smartfon surunkali bo‘yin og‘rig‘ini keltirib chiqarmoqda

Vrachlarning ta’kidlashicha, barmoqlarning uvushib qolishiga tenosinovit sabab bo‘lgan, ya’ni paylarning sinovial qatlami yallig‘langan.

Hozir be’mor barmoqlarini qaytadan buka olayapti. Vrachlar unga smartfonni vaqti-vaqti bilan o‘z holiga qo‘yishi va barmoqlariga dam berib turishni tayinlashdi.

O‘QING: Smartfon foydalanuvchisi uchun muhim 10 qoida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!