Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya

  •   DiMaX
  •  956
  •  15.06.2021 16:56

Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya

Ba’zida eng noqulay vaqtda telefonning quvvati kam qolganini ko‘ramiz. Ekranda 20% dan kam quvvat qolgani haqida xavotirli bildirishnoma paydo bo‘ladi, ammo biz haliyam telefonni ishlatishga muhtoj bo‘lamiz, deb yozadi Aniq.uz.

O‘QING: Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+«jonli» video)

Ko‘pchilik smartfonni zudlik bilan o‘chirish va zarur paytda yoqishni masalahat beradi. Masalan, har 15 daqiqada kimdir qo‘ng‘iroq qilgani yoki yozgan-yozmaganini tekshirib ko‘rish mumkin. Ammo bu xato. O‘chirish va yoqish paytida ortiqcha energiya sarfi yuz beradi va natijada smartfon yana-da tezroq quvvatsizlanadi.

Nima qilish kerak?

  1. Ortiqcha funksiyalarni o‘chirib qo‘ying. Bular: GPS, Bluetooth, Wi-Fi yoki mobil aloqa, ekranni avtomatik teskari qilish funksiyasi, ikkinchi SIM-karta.
  2. Telefonni energiya tejovchi rejimga o‘tkazing (sozlamalarda).
  3. Ortiqcha dasturlarni yoping. Buning uchun bosh ekranga o‘ting va pastdagi kvadratni bosing, keyin esa ishlatmayotgan dasturlaringizni chiqarib yuboring.
  4. Vidjetlarni o‘chiring. Hatto oddiy ob-havoni ko‘rsatuvchi vidjet ham batareya energiyasini iste’mol qiladi.
  5. Ovoz va vibratsiyani o‘chiring. Kutilmagan qo‘ng‘iroq ortiqcha energiya sarfiga sabab bo‘lishi mumkin.
  6. Yorqinlik darajasini pasaytiring.
  7. Aloqa tipini 4G dan 3G ga, iloji bo‘lsa 2G ga o‘zgartiring. Internet tezligi pasayadi, ammo bu messenjerlardan xabar olish uchun yetarlidir.
  8. Muhim xabar yoki qo‘ng‘iroqni kutayotgan bo‘lsangiz, qurilmani aviarejimga o‘tkazing va vaqti-vaqti bilan chiqarib turing.
  9. Kuchli temperaturadan qoching. Sovuqda smartfonni tanangizga yaqin tuting. Gadjetingizni juda issiq makonda qoldirmang.

O‘QING: Harorat telefonga qanday ta’sir qiladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!