SMS-xabarlarni butunicha boshqa smartfonga ko‘chirib o‘tkazamiz

  •   DiMaX
  •  2344
  •  24.10.2019 17:04

SMS-xabarlarni butunicha boshqa smartfonga ko‘chirib o‘tkazamiz

Yangi Android-smartfon olsangiz, odatda eskisidagi kerakli ma’lumotlaringizni ham unga ko‘chirib o‘tkazish zarurati tug‘iladi. Barcha kontaktlar, fotosurat va videoroliklarni, Google akkauntingiz orqali hatto sozlamalaringizni ham o‘tkaza olasiz, lekin SMS-xabarlarni o‘tkazish – boshqa masala.

O‘QING: Istalgan telefon himoyasini SIM-karta orqali buzish yo‘li topildi – bittagina SMS kifoya ekan!

Nafaqat yangi smartfon xarid qilganda, balki boshqa vaziyatlarda ham bitta telefondagi SMS’larni boshqasiga ko‘chirish kerak bo‘lib qolishi mumkin. Biroq tushunarli bo‘lishi uchun quyida bu jarayonni «xabarlarni eski smartfondan yangisiga ko‘chirib o‘tkazish» tarzida bayon qilamiz.

Bunda bizga SMS Backup & Restore nomli dastur yordamga keladi, uni esa mana bu havola orqali Google Play ilovalar katalogidan yuklab olib, har ikkala smartfoningizga o‘rnatasiz. Shuningdek, xabarlaringizni ko‘chirib o‘tkazish uchun bu telefonlarni bitta Wi-Fi tarmog‘iga ulashingiz kerak.

Keyin esa...

  1. Har ikkala smartfonda SMS Backup & Restore ilovasini ochasiz va istalgan bittasining bosh ekranidagi «Peredacha» tugmachasini bosasiz. Ushbu funksiyaning qanday ishlashi haqida batafsil ma’lumot beruvchi yangi oyna chiqadi.
  2. Endi har bir smartfonda kerakli opsiyani tanlaysiz: eskisida – «Otpravit», yangisida esa «Prinyat»ni.
  3. Ikkala smartfon ham bir-birini izlay boshlaydi; eski telefoningiz yangisini topgach, ro‘yxatdan uni tanlaysiz.
  4. Yangi smartfoningizda ma’lumotlarni ko‘chirishga ruxsat so‘raovchi bildirishnoma chiqadi va unga ruxsat berasiz.

O‘QING: Plastik kartadagi SMS-xabarnoma xizmati qanday o‘chiriladi?

  1. Ikkala gadjet o‘zaro bog‘langach, sizga matnli xabarlarni o‘tkazish taklif etiladi, ammo bungacha uzatuvchi smartfondagi SMS Backup & Restore dasturi SMS-xabarlaringizning arxiv nusxasini yaratadi.
  2. Zaxira nusxasi yaratilgach, qabul qiluvchi smartfonda ham uning nusxasi va xabarlarni undan tiklab olish opsiyasi paydo bo‘ladi. Shuni tanlaysiz va jarayonning yakunlanishini kutasiz – bo‘ldi!

SMS-xabarlarni ko‘chirib o‘tkazish jarayoni biroz vaqt oladi, bu esa ularning miqdori va hajmiga bog‘liq. Lekin shundan so‘ng avvalgi yozishmalaringiz yangi smartfoniga o‘tadi – endi hech bir xabaringiz yo‘qolib qolmaydi!

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.