Snapdragon 675 chipi rasman namoyish etildi: yadrasi A76

  •   Saroy
  •  526
  •  23.10.2018 15:56

Snapdragon 675 chipi rasman namoyish etildi: yadrasi A76

Qualcomm bir qator top funksiyalarga ega o‘rta sinfdagi smartfonlar uchun chiqarayotgan yangi chipi haqida ma’lum qildi. Masalan, chipning yangi 11 nanometrli Kryo 460 arxitekturalisi  Cortex-A76 yadrosida qurilgan.  U flagman qurilmalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni hali Qualcomm chiplarining birortasini ham ishlatmagan.  A76 yadroli birinchi chip Huawei'dan Kirin 980 edi.

Snapdragon 675 2,0 GGs chastotasiga ega ikkita  ish samaradorligi yuqori bo‘lgan yadro hamda oltita energiya tejamkorligiga ega  1,78 GGs chastotali yadro bilan ta’minlanadi. Taqqoslash uchun, hozirgi 10 nanometrli Snapdragon 845 flagmani 2,8 GGs chastotada to‘rtta yadroni ishlatadi (Cortex-A75), shu bois baribir anchagina tezkor bo‘ladi. Shu bilan birga, chamasi kristaldagi yangi tizim Snapdragon 710’dan o‘tadi.

O‘QING: Qualcomm: Galaxy S10 ham yangi iPhone’lardek qudratli protsessorga ega bo‘ladi!

Shuningdek, chip tasvir signalining yangi protsessoriga va uchta kamerani qo‘llab quvvatlashga ega. Unda o‘yin rejimi ham optimallashtirilgan, xuddi  Huawei’ning GPU Turbo’sini ham eslatib yuboradi.  Snapdragon 675 shuningdek Quick Charge 4+ va yanada tezkor sun’iy intellekt bilan ham ta’minlandi.  Xabar qilinishicha, yangi chip kelasi yilning birinchi choragida paydo bo‘ladi.

O‘QING: Qualcomm o‘rta toifadagi smartfonlar uchun kuchli protsessor yaratdi