Dimensity 9200 uchun munosib raqib: Snapdragon 8 Gen 2 qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi.

Dimensity 9200 uchun munosib raqib: Snapdragon 8 Gen 2 qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi.

MediaTek kompaniyasi flagman Android smartfonlar uchun o'zining eng kuchli yangi chipsetini allaqachon taqdim qildi va endi navbat uning ashaddiy raqobatchisi, Qualcomm'ga keldi. Amerikalik kompaniya odatda o'zining eng yuqori darajadagi chipsetini har yili o'tkaziladigan Snapdragon Summit'ida taqdim qiladi. Uning bu yilgi soni esa 15-noyabrda bo'lib o'tadi.

Shunday qilib, noyabrning 15-sanasida bo'lib o'tadigan Snapdragon Summit'ida Qualcomm katta ehtimol bilan "Snapdragon 8 Gen 2" yoxud SnoopyTech aytganidek "Snapdragon 8 Gen 2 Mobile Platform" deb nomlanadigan flagman chipsetini taqdim qilishi kutilmoqda. Kuba Voytsexovski bergan ma'lumotlarga ko'ra, yangi chip Arm'ning Cortex-X3, to'rtta Cortex-715 va uchta Cortex-A510 yadrolarini o'z ichiga oladi.

Mish-mishlarga ko'ra, Snapdragon 8 Gen 2 mobil platformasi bilan jihozlanadigan ilk smartfon Xiaomi'ning 13-avlod flagmanlari bo'ladi. Shuningdek, Samsung kompaniyasi ham o'zining keyingi yilgi Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini ham xuddi shu chipset bilan ta'minlashi tahmin qilinmoqda.

O'QING: Dimensity 9200 – Snapdragon 8 Gen 2 "qotili" chiqarildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!