Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan ilk buklamafon taqdim etildi

Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan ilk buklamafon taqdim etildi

Honor Magic V - Qualcomm'ning eng so‘nggi Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk buklamafon. Qurilma 7.9 dyuymli asosiy displey va 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 2560x1080 piksel rezolyutsiyadagi 6.45 dyuymli tashqi displeyga ega.

O‘QING: OnePlus 10 Pro taqdim etildi

Tashqi displeyining hajmlari oddiy smartfonlarniki bilan o‘xshash. Unda kunlik odatiy vazifalarni qiyinchiliksiz bajarish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, Honor tashqi displeydan foydalanishni osonlashtirishga harakat qilgan. Misol uchun, Galaxy Z Fold3'ning tashqi displeyi yuzasi uzun va torligi sabab undan foydalanish biroz qiyinchilik tug‘diradi.

Magic V buklamafonining asosiy displeyi 7.9 dyuymli OLED bo‘lib, u 90Hz yangilanish chastotada ishlaydi. Displey rezolyutsiyasi 2272x1984 pikselni tashkil qiladi, shuningdek, u HDR10+ va 10bit colors funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, qurilmaga 50MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera, 50MP rang spektri uchun mo‘ljallangan kamera va tashqi va ichki displey uchun ikkita yumaloq tirqishli 48MP selfi kamera o‘rnatilgan.

Magic V smartfoni 12GB tezkor, 256/512GB doimiy xotiraga ega. Unga 66 vattda quvvat oluvchi 4,750 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Magic UI 6.0 grafik qobig‘ida ishlaydi.

Honor Magic V uch xil: Titanium Silver, Black va Burnt Orange ranglarida taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

Honor Magic V (12/256GB) - 1570 dollar
Honor Magic V (12/512GB) - 1725 dollar

Smartfon Xitoyda 18-yanvar sanasidan sotuvga chiqadi. Hozircha uning global versiyasi sotuvga chiqishi yoki chiqmasligi noma’lum.

O‘QING: iQOO 9 va iQOO 9 Pro smartfonlari taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!