Snapdragon 8150 protsessorli Meizu 16s flagmani ilk suratda!

  •   DiMaX
  •  896
  •  20.11.2018 15:25

Snapdragon 8150 protsessorli Meizu 16s flagmani ilk suratda!

2018 yilning eng kuchli smartfonlari reytingida kutilmaganda Meizu 16 flagmani ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Bu kompaniya hali yana ko‘pchilikni hayratga solishda davom etmoqda: navbatdagi flagmanida birinchilar qatorida hali rasman taqdim etilmagan, eng ilg‘or Snapdragon 8150 chipini qo‘llamoqchi.

O‘QING: Meizu 16s ham Galaxy S10 va Mi 9 darajasida kuchli bo‘lyapti!

Bugun – 2018 yilning 20 noyabrida esa mana shu hali namoyish etilmagan smartfon – Meizu 16s modelining birinchi surati internetga chiqdi. To‘g‘ri, bu «jonli» surat emas, balki shu paytgacha aniqlangan ma’lumotlar asosida kompyuterda yaratilgan.

Rasmga ko‘ra, Meizu 16s romsiz ekranli dizaynga ega; unda ham daktiloskopik datchik displeyning o‘ziga joriy etiladi. Shuningdek, an’anaviy 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi ham saqlanib qoladi.

Flagmanning old paneli yuqorisida so‘zlashuv dinamigi ko‘zga tashlanadi, ikkinchi dinamik esa USB-C porti yonida joylashgan. Smartfonning old kamerasi rasmda ko‘rinmayapti, ammo bosh kamerasi uchta tasvir datchigiga ega. Ya’ni, Meizu 16s boshqa smartfonsozlarning kamerofonlari bilan bellasha oladigan bo‘ladi.

Mazkur flagman 2019 yilning birinchi yarmida rasman taqdim etilishi kutilmoqda. Kompaniyaning hozirgi flagmani – Meizu 16 esa allaqachon O‘zbekistonda ham rasman sotuvga chiqqan. Uning 8/128 gigabaytlik talqinini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 150 000 so‘m evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Meizu 16 flagmani va bu brendning boshqa smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 16 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.