Snapdragon 845 chipli ilk smartfon sinovda barcha raqiblarini «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  1636
  •  12.02.2018 15:43

Snapdragon 845 chipli ilk smartfon sinovda barcha raqiblarini «yer tishlatdi»!

Qualcomm kompaniyasi yaratgan ilg‘or Snapdragon 845 protsessori 2018 yilning ko‘pgina flagmanlariga qo‘yilayotganidan xabaringiz bor. Android Authority nashrida uning ishlash samaradorligini turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tekshirib ko‘rishdi.

O‘QING: Ilg‘or Qualcomm Snapdragon 845 taqdim qilindi

Testlarni o‘tkazishda Qualcomm tomonidan sinovlar uchun ishlab chiqarilgan smartfon namunasi qo‘llandi. U ham xuddi oddiy telefon kabi qurilma, faqat ko‘plab funksiyalari cheklangan. Uning asosiy vazifasi – Snapdragon 845 chipining imkoniyatlarini namoyish etish. Jurnalistlar sinovda mazkur devaysning samaradorligini zamonaviy flagmanlar bilan taqqoslab ko‘rishdi.

Mobil qurilmalarning imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi mashhur AnTuTu benchmarkida, Snapdragon 845 chipli sinov smartfoni o‘zining asosiy raqibi – Huawei Mate 10 Pro flagmanini 20 foizlik farq bilan ortda qoldirdi. Xitoyliklarning mazkur flagmani Huawei’ning o‘z ishlanmasi – Kirin 970 protsessorida, 6 GB tezkor xotira bilan ishlaydi. Qualcomm’ning sinov smartfoniga ham shuncha hajmli tezkor xotira o‘rnatilgan.

O‘QING: Huawei Mate 10: Apple va Samsung flagmanlarining davri o‘tdi

Xullas, shartli ravishda SD845 deb nomlanayotgan Qualcomm smartfonining boshqa flagmanlar bilan taqqoslangan testi natijalari quyidagicha:

Geekbench benchmarkidagi sinovda ham Qualcomm smartfoni Mate 10 Pro flagmanini yana xuddi shuncha – 20 foizlik farq bilan ortda qoldirdi. O‘tgan yilgi Snapdragon 835 chipida ishlovchi Pixel 2 smartfonidan esa u 25 foizga ilgarilab ketdi.

Mana, test natijalari:

GXFBench sinov saytida esa Snapdragon 845 ajabtovur natija ko‘rsatdi: u amaldagi rekordchi – Galaxy Note 8 modelini naq 45 foizlik farq bilan yengib o‘tdi! Qolgan flagmanlar ko‘rsatkichlari bilan oradagi farq esa o‘rtacha 70 foizni tashkil etdi.

Yangi protsessor, ayniqsa, brauzerlar bilan ishlashda yuqori natijalarni namoyon etdi. JetStream testida Google Chrome orqali ishlashda Qualcomm smartfoni HTC U11+ flagmanidan 38 foizlik farq bilan oldinga o‘tib ketdi.

Yakunlar

Snapdragon 845 nafaqat o‘zining «ajdod»i Snapdragon 835 chipidan 35 foizga ilgarilab ketdi, balki raqobatchilaridan o‘rtacha 50 foizga tezkorroq ishlashini namoyish etdi.

Endi esa shu protsessor bazasida ishlovchi smartfonlarning rasmiy namoyish etilishini kutish qoldi, xolos. Balki, taqdimoti 26 fevralga belgilangan Galaxy S9 flagmani bu borada birinchi bo‘lar.

O‘QING: Galaxy S9: flagmanga oid yangi jihatlar e’lon qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!