Sony afsonaviy PlayStation konsolini savdoga qaytarmoqchi

  •   Saroy
  •  625
  •  19.09.2018 15:32

Sony afsonaviy PlayStation konsolini savdoga qaytarmoqchi

Sony PlayStation Classic konsoli anonsiga start berdi.  Yangilangan versiyasi haqiqiysidan  qariyb ikki marotaba kichik, komplektida HDMI tirqish va ikkita o‘tkazuvchan geympad ham mavjud. Bu Sony’ning eng birinchi geympodlari hisoblanadi.

O‘QING:Sony PlayStation 4 qachon o‘yindan chiqadi?

Konsol disklar bilan ishlamaydi, chunki u yerda sim yo‘q. Pastda bir yo‘la 20 ta klassik o‘yinlar o‘rnatilgan. Ular orasida fayting Tekken 3, Final Fantasy VII, Jumping Flash, R4 Ridge Racer Type 4 va Wind Arms kabi o‘yinlar bor. O‘yinlarning to‘liq ro‘yxati hozircha berilmagan. Boshqa  o‘yinlar ham qo‘shish imkoni i bo‘ladimi yo‘qmi, bu haqda xabar yo‘q. Bunaqasi bo‘lmaydi chamasi. Chunki korpusda xotira kartasi uchun port yo‘q. Port hatto USB uchun ham yo‘q.

O‘QING:Sony PlayStation 4: hozircha 82,2 million dona sotildi

Sony PlayStation sotuviga start berish 2018 yilning 3 dekabriga mo‘ljallangan. Narxi 99 yevro deyilmoqda. Bu vaqtgacha Sony’ning raqobatchisi hisoblangan Nintendo kompaniyasi ham klassik konsollarining yangilangan versiyasini chiqargan edi. Masalan, ushbu kompaniyaning  2016 yilda “Dendi” va yaqinda SNES Classic o‘yinlari paydo bo‘lgandi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.