Simsiz flagman quloqchinlar rekord darajada arzonladi

Simsiz flagman quloqchinlar rekord darajada arzonladi

Sony bundan taxminan uch yil oldin Sony WH-1000XM3 simsiz quloqchinini sotuvga chiqargan edi. Biroq bir yil oldin yangi Sony WH-1000XM4 modeli paydo bo‘lishiga qaramay, eski WH-1000XM3 quloqchini hali ham juda mashhur model bo‘lib qolmoqda.

O‘QING: Sony yangi quloqchin reklamasida 2022 yilgi flagman smartfonini ko‘rsatdi (uchta video)

Dastlab 350 dollar narxda sotilgan qurilma, bu yil 200 dollar narxga tushirildi. Endi esa Best Buy flagman quloqchinlarni 170 dollarga taklif qilmoqda, bu esa rekord darajada narxning pastlashi hisoblanadi.

Quloqchinning asosiy afzalligi — bu fon shovqinlarini qaytara olishidadir. Shovqinni qaytarish uchun quloqchin QN1 protsessoridan foydalanadi. Shuningdek, quloqchin 360 Reality Audio texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu foydalanuvchiga ajoyib musiqalardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Quloqchinlar sensorli boshqaruvga ega, zaryadsiz 30 soat davomida ishlaydi va smartfonga o‘rnatilgan shaxsiy yordamchining ovozli boshqaruvini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu eshitish vositasi USB-C porti bilan quvvatlanadi.

Sony WH-1000XM3 quloqchini yangi Sony WH-1000XM4'dan farq qiladi. Eski modelning mikrofon sifati yaxshi emas. Shuningdek, unda qo‘ng‘iroq qilinyotgan vaqtda musiqani to‘xtatish Speak-to-Chat funksiyasi hamda quloqchinlarni yechib qo‘ygan vaqt avtomatik musiqani to‘xtatish funksiyasi mavjud emas.

O‘QING: AirPods Pro’ning keragi yo‘q: uning Siri va Bluetooth 5.0’li kloni atigi 12 dollardan sotilyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!