Sony’ning sakkiz yadroli Snapdragon 630 va Android 8.0 Oreo’li smartfoni «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  1042
  •  21.11.2017 16:19

Sony’ning sakkiz yadroli Snapdragon 630 va Android 8.0 Oreo’li smartfoni «qo‘lga tushdi»

GFXBench benchmarki yaponiyalik ishlab chiqaruvchining kodli nomi H4133 bo‘lgan smartfonini fosh etdi. Kuzatuvchilarning fikricha, Sony bu qurilmani Mobile World Congress (MWC) 2018 tadbirida taqdim etmoqchi, deb yozadi GizmoChina.

Mazkur benchmarkda o‘tkazilgan test namoyish etgan ma’lumotlarga ko‘ra, telefonning displeyi diagonaliga 5,2 dyuymni tashkil etadi. Ekran Full HD sifatiga ega – 1920×1080 pikselli. Uning asosiy kamerasi 21 megapikselli bo‘lib, chaqnoq bilan jihozlangan. Selfi-kameraga esa 8 megapikselli sensor o‘rnatilgan.

Smartfonning «yuragi» sifatida Qualcomm Snapdragon 630 protsessori ko‘rsatilgan. U 2,2 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta ARM Cortex-A53 yadrosini hamda Adreno 508 grafik kontrollerini o‘z ichiga oladi. Uning X12 LTE rusumli uyali modemi 600 Mbit/s.gacha tezlikda ma’lumotlar almashish quvvatiga ega.

Sony’ning ushbu gadjeti 3 gigabayt tezkor xotira hamda 32 gigabayt ichki flesh-xotira bilan jihozlangan. Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, unga NFC mikrochipi ham o‘rnatilgan. Smartfonning dasturiy platformasi sifatida Android operatsion tizimining so‘nggi – 8.0 Oreo talqini tanlangan.

Shu tariqa, mazkur xususiyatlariga ko‘ra bu o‘rtacha toifadagi smartfon bo‘ladi.

O‘QING: Sony’ning yangi flagmani Galaxy S9 va iPhone X «kushandasi» bo‘lishi mumkin (+video)