Sony PlayStation 4: hozircha 82,2 million dona sotildi

  •   Saroy
  •  1097
  •  02.08.2018 10:10

Sony PlayStation 4: hozircha 82,2 million dona sotildi

Sony kompaniyasi choraklik moliyaviy hisobotida  PlayStation 4 o‘yin pristavkasining xalqaro bozordagi savdosi haqida ma’lumot berdi.  2018 yil 30 iyunda tugagan choraklik bo‘yicha  3,2 millionta  PlayStation 4 sotilgan. Bu o‘tgan yilgi natijadan  0,1 milliontaga oz.
Agar reliz vaqtidan hisoblanadigan bo‘lsa, butun dunyo bo‘yicha 82,2 millionta  PlayStation 4 pristavkasi sotilgan ekan. 2018 yilda kompaniya 16 millionta PlayStation 4 sotishni ko‘zlab turibdi.

O‘QING:Xbox Live hamda PS4 pristavkalarida birgalikda o‘yin o‘ynash mumkin bo‘ldi

Iyun oyida Sony Interactive Entertainment  rahbari Jon Kodera  PlayStation 4’ni ishlab chiqarish qachon to‘xtatilishi haqida ma’lumot bergandi.  Uning so‘zlariga qaraganda, pristavka  2021 martgacha ishlab chiqriladi. 2021 yilning yanvar-mart oylari davomida qurilma savdo rastalaridan asta-sekin olinadi.

O‘QING:Zamonlar osha: Sega Mega Drive yana sotuvga chiqariladi