Sony PlayStation 4 qachon o‘yindan chiqadi?

  •   Saroy
  •  2394
  •  23.07.2018 18:01

Sony PlayStation 4 qachon o‘yindan chiqadi?

Sony PlayStation 4 yildan-yilga eskirib bormoqda va konsol muxlislari  ushbu Osiyo texnologiya giganti yangilangan versiyasini tezroq chiqarishini kutmoqda. Biroq, PS4 yana bir necha yil yashaydigan ko‘rinadi, chunki PlayStation 5  o‘yini 2021 yilgacha chiqmasligi aniq.

Mice Times Asia nashri Sony Interactive Entertainment prezidenti Jon Koderning so‘zlariga tayangan holda ma’lum qilishicha, Sony PlayStation 4’ni 2021 yilgacha chiqarishni rejalashtirgan. Shu xabarga tayanib aytadigan bo‘lsak, sayt shunday xulosaga kelgan, ya’ni PS4 “o‘lgandan” keyingina PlayStation 5 chiqadi.

Ushbu xabarni platforma uchun o‘yinlar ishlab chiqarayotgan dasturchilar ham tasdiqlagan: birorta ham kompaniya PlayStation 5 uchun dastur tayyorlayotgani yo‘q va beshinchi avlod konsoli haqida hech narsa eshitgani ham yo‘q. Biroq keyingi avlod konsoli 2019 yilgacha chiqishi mumkin, degan xabarlar ham mavjud. Xabarlarga qaraganda Call of Duty franshizlarining yangi o‘yinlari yangi avlod konsoli uchun ishlab chiqarilmoqda.

Shu bilan birga, Sony o‘z raqobatchilardan ilgarilab ketish chorasini ko‘rishi kerak, chunki, navbatdagi Xbox’ni chiqarish 2020 yilga mo‘ljallangan. Agar ushbu xabar o‘z tasdig‘ini topsa,  demak Sony o‘zining asosiy raqobatchisini  orqada qolldirib, PS 5’ni Microsoft qurilmasidan ertaroq chiqarishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!