Sony Xperia XA2 Plus smartfoni kengburchakli kameraga ega bo‘ldi, sababi selfi

  •   Saroy
  •  1007
  •  12.07.2018 14:07

 Sony Xperia XA2 Plus smartfoni kengburchakli kameraga ega bo‘ldi, sababi selfi

Sony  CES 2018 ko‘rgazmasida ilk bor Xperia XA2 seriyadagi qurilmani namoyish qilgandi, endi esa uning qatoriga yana bir model  Xperia XA2 Plus ham qo‘shildi. U ham katta va qalin smartfon bo‘lib chiqdi, biroq ekranning kengaytirilgani bois rom biroz kichraygan.

Sony Xperia XA2 Plus tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan Full HD+ va Gorilla Glass 5 himoya shishasiga ega bo‘lgan  6-dyuymli displey bilan ta’minlangan. Bu esa apparat kengligini XA2 Ultra bilan taqqoslaganda 5 millimetrga kamaytirgan. Qurilmani orqa tomonidan qarasangiz lineykadoshlaridan farq qilmaganini  ko‘rasiz. Smartfonning ichi o‘sha sakkizyadroli Snapdragon 630 protsessori. Uning chastotasi 2.2 GGs va  Adreno 508 grafikasiga ega. Xotira sig‘imi ikki versiyada bo‘ladi. Ya’ni tezkor xotirasi 4, yoki 6 GB, ichki xotirasi 32 yoki 64 GB bo‘ladi, shuningdek microSD kartasini ham qabul qiladi.  Slot alohida o‘rnatilgan, shu bois unga ikkita SIM-karta qo‘ysa bo‘ladi.

O‘QING:Sony’dan yana bir mu’jizami?

Qurilmaning ichki tomonida  23-megapikselli Exmor RS sensorli va f/2.0. optikasi bilan asosiy qo‘sh kamera o‘rnatilgan.  Sezgirligi 12 800 birlikkacha bo‘lgan ISO, hamda 4K-videoga ega. Old kamerasi 8 megapikselli 120 darajali keng burchakli obektiv, diafragmasi f/2.4. Selfiga hammasi sig‘adi.

O‘QING:ndroid P beta-versiyasi chiqdi. Qaysi smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatish mumkin?

Qurilma 3580 mAch sig‘imidagi akkumulyator bilan ta’minlangan va u  Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlantirgichdan foydalanadi. Wi-Fi 5 GGs, Bluetooth ham bor, NFC, barmoq izlari skaneri va  quloqchin hammasi joyida. O‘lchami  157x75x9.6 mm bo‘lgan apparatning og‘irligi 205 gramm. Smartfon qora, kumish, tilla va yashil ranglarda chiqariladi.

Sony Xperia XA2 Plus sotuvi avgust oyida boshlanadi. Qurilmaning narxi aytilmayapti, lekin 400 dollar atrofida bo‘ladi, degan gaplar bor. Raqobatchilari ham yetarli, chunki u o‘tgan yilgi Xitoy flagmanlari darajasida.

O‘QING:Apple yoki Sony: jahonning eng kuchli smartfonlari kuch sinashdi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!