Sotuvga chiqmagan Galaxy S20 Ultra'ga ilk yangilanish keldi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Sotuvga chiqmagan Galaxy S20 Ultra'ga ilk yangilanish keldi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Yaltiroq va «arzon» flagman Samsung Galaxy S20 Ultra'ga ilk yangilanish kela boshladi.

Tizim yangilanishi ayni damda faqatgina Janubiy Koreyadagi qurilmalarga taqdim qilinmoqda. OTA bilan smartfon kamera sifati oshiriladi. Bundan tashqari, avto-chiroq funksiyasi ham takomillashtiriladi.

Shuningdek, hajmi 418MB bo‘lgan apdeyt bilan tizimning xavfsizlik darajasi mart oyigacha yangilanadi.

Ha, bu kelajak uchun yangilanishdir, sababi mart oyi hali kelgani yo‘q va smartfon sotuvga chiqarilgani yo‘q.

Bu borada kompaniyaning harakatlariga taqsin aytsa bo‘ladi. 6-martdan do‘kon rastalarida paydo bo‘luvchi flagmanni xarid qilgan mijozlar mahsulotni yoqishlari bilan tizim yangilanishi haqida bildirishnoma kelishi kerak.

O‘QING: BOShLANDI: Galaxy S20’larning eng maqtalgan jihatida muammolar chiqyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!