Sovrin jamg‘armasi 100 000 dollarlik tanlovga marhamat!
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT-Park tomonidan yangi respublika tanlovi e’lon qilingan. Bu – davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha «mGovAward» tanlovidir.
O‘QING: «One million Uzbek Coders» loyihasiga start berildi
Mazkur tanlov Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda, deyiladi xabarda.
Ishtirokchilar 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin:
- Ta’lim;
- Sog‘liqni saqlash;
- Turizm;
- Transport va logistika;
- Biznes va G2B.
Tanlovning mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:
Birinchi o‘ringa – 50.000$
Ikkinchi o‘ringa – 30.000$
Uchinchi o‘ringa – 20.000$ atalgan.
Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2020 yilning 15 yanvarigacha davom etadi! Ariza qoldirish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumotlarni esa https://it-park.uz/ru/mgovaward-ru/ havolasi orqali olasiz.
O‘QING: IT-Park startapi Shveysariyada 500 000 dollarlik investitsiya uchun kurashadi