SpaceX ikki marta uchirilgan yagona raketa – Falcon 9’ni yana fazoga yo‘llamoqda

  •   DiMaX
  •  566
  •  26.10.2018 11:53

SpaceX ikki marta uchirilgan yagona raketa – Falcon 9’ni yana fazoga yo‘llamoqda

Fazoviy parvoz texnikalari va texnologiyalari ishlab chiqishga ixtisoslashgan SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasini ilk bor o‘tgan yilning boshida uchirgandi. Keyinroq – 31 mart kuni u yana ko‘kka parvoz etdi; bu esa ilk bora bitta raketaning ikkinchi marta fazoga chiqarilishi edi.

O‘QING: SpaceX tarixda ilk bor 1 raketani 2 marta fazoga uchirishga erishdi

Endi esa Falcon 9 raketasi o‘z rekordini yangilash arafasida turibdi – SpaceX uni yana fazo sari yo‘lga tayyorlamoqda. Nafaqat Ilon Maskning ushbu kompaniyasi, balki umuman kosmonavtika sohasidagi olamshumul voqea bo‘lishi kutilayotgan mazkur parvoz joriy yilning 19 noyabrida amalga oshiriladi.

Navbatdagi parvozda yanada ko‘proq uchirishlar uchun optimizatsiyalashtirilgan Block 5 versiyasi qo‘llanadi. SpaceX kompaniyasi allaqachon Falcon 9 raketasining shunday versiyasidan bir nechta namunasini ikki martadan uchirgan. Shulardan biri keyingi oyda uchinchi bora fazoni ko‘rib keladi.

SpaceX’ning «ishtahasi» chakki emas – u Block 5 versiyasidagi Falcon 9 raketasining parvozlari sonini o‘ntagacha yetkazmoqchi. Bunga esa kamida ikki-uch yil vaqt kerak bo‘ladi.

O‘QING: Boyning ko‘ngli Oyda: SpaceX’ning ilk sayyohi – yaponiyalik milliarder! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!