Spyra One: suv otgich miltiq namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  1497
  •  31.07.2018 12:38

Spyra One: suv otgich miltiq namoyish qilindi

Tashabbuskorlar guruhi suv quroli o‘yinini yangi bosqichga ko‘tarishga qaror qilishdi. Spyra One  quroli suv idishini avtomatik tarzda to‘ldirish tizimi bilan ta’minlandi va bularning barchasi unchalik katta bo‘lmagan rangli displeyga ega bo‘ldi. Ushbu yangiliklar o‘yinni yanada tezroq va quvnoqroq qiladi. Yangi qurol suvni tizillatib otmay, unchalik katta bo‘lmagan suvli “patronlar” larni otadi, o‘q 7 metrgacha yetib boradi.

O‘QING:Barchasi pulni deb: sobiq dasturchining aytganlari

Suvli qurolning ichida nasos tizimi mavjud, u akkumulyator bilan ishlaydi. Qurolni suvga to‘ldirish uchun uni suvga botirib, tugmacha bosiladi va u 15 soniyada to‘ladi. Bu esa 25 ta patronga yetadi. Otish miqdori haqidagi ma’lumotlar korpusning ustki qismida joylashgan displeyda ko‘rinib turadi.

Spyra One qurolida hech qanday xarajatli material yo‘q, unda faqat suv va akkumulyator mavjud. Biroq qurilmani bir marta zaryad qilganingizda u 1125 ta o‘q otish mumkin. Yangi “ermak” uchun narx 99 yevro deb belgilangan. U   USB Type-C bo‘yicha quvvat oladi.
O‘QING:Ehtiyot bo‘ling! Qalbaki o‘yinlar tobora ommalashib bormoqda

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!