Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

  •   Saroy
  •  1271
  •  20.06.2018 15:26

Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

Flagman smartfonlarda kengaytirilgan riallik texnologiyasi va 3D-kamerasi tufayli, sun’iy intellekt odamlarning harakatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Eng qizig‘i, u odamlar harakatini kuzatayotganda, ularga xuddi kiyimi yo‘q odamga qaraganday qaraydi. To‘g‘ri, bu holat kishilarni qo‘rqitib yuborishi mumkin, lekin unda o‘ziga yarasha ma’no-maqsad jamlangan.

O‘QING: Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar

Hozirda o‘yinlarda, kino va multfilmlarda animillashgan personajlar yaratish uchun kompyuter maxsus kiyimdagi aktyorlarning harakatini kuzatadi. Jinsi, ko‘ylak, ryukzak yoki kamzul — yopishib turadigan charm kostyumdan tashqari  qariyb barcha kiyim. Yopishib turadigan charm kostyum sun’iy intellektning tanangiz harakat paytida qanday ishlashi haqidagi tasovvur hosil qilishiga halaqit beradi.

O‘QING: Devor ortida nima gaplar? Buni sun’iy intellektdan so‘rang

Ko‘pfunksionalli DoubleFusion loyihasi sun’iy intellektni o‘ziga xos rentgen nuriga aylantiradi, inson tanasining kiyim ichidagi tanasining shaklini va holatini ochib beradi, hatto u tez harakat qilayotgan, masalan raqsga tushayotgan bo‘lsa-da.  Mazkur texnologiya asosida inson anatomiyasi bilimining qanchalik chuqur ekanligi aniqlanadi. Ushbu novatorlik uslubi insonning harakat chog‘idagi skeletini yaratish imkonini beradi, keyin  terini skeletdan ma’lum masofada “ag‘darib” ko‘rsatadi.

Shunday qilib, foydalanuvchi ushbu texnologiya yordamida o‘zining to‘liq raqamli nusxasini osonlik bilan  yaratishi mumkin. Uzun ko‘ylak, quloqchinlar, qopga o‘xshash kiyim  — hech narsa DoubleFusion’ning o‘tkir ko‘zlariga halaqit bera olmaydi. Yagona kamchilik shuki, agar odamning ustida ko‘p kiyim bo‘lsa sun’iy intellekt tananing mutonasibligini aniq bila olmaydi. Bundan tashqari, odam boshqa  ob’yekt bilan birga harakat qilayotganda vaziyatni tushina olmaydi, chunki ularni bitta tana tarzida qabul qiladi.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!