Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar

  •   Saroy
  •  1207
  •  12.06.2018 15:23

Sun’iy ong: Microsoft’ning  uyqusini qochirgan chiplar

Texnologiya gigantlari e’tiborni borgan sari ko‘proq o‘z mahsulotlarini to‘liq nazorat qilishga qaratmoqda. Shular qatorida Microsoft ham sun’iy ong bo‘yicha tatqiqotlarini jadallashtirish uchun yangi chip yaratish ustuda ish boshladi.

Microsoft o‘zining asosiy mahsuloti bo‘lmish, Windows to‘g‘risida o‘ylashni to‘xtatib, urg‘uni bulutli hisoblash va sun’iy ong ustida izlanish olib borish masalasiga qaratmoqda. Ushbu yo‘nalishda  u kastomli SoC g‘oyasini birinchi bo‘lib ilgari surgan va TPU (Tensor Processing Unit) protsessorining uchunchi avlodini allaqachon tatbiq qilgan  Google kompaniyasi bilan raqobatga kirishadi.  Microsoft bulutli xizmatlarda  Intel’ning Azure chiplaridan va NVIDIA’dan foydalanadi, ammo bu bilan to‘xtab qolish niyati yo‘q.

O‘QING: iPad va Microsoft Surface’ga qarshi Samsung sirli planshet tayyorlamoqda

Mart oyidan boshlab Azure jamoasi mashinali ta’lim va sun’iy intellekt uchun dasturlar va apparat jihozlari sohasida ishlaydigan mutaxassislarni to‘plashni boshlagandi.

Umuman olganda, bu Microsoft uchun yangi soha emas. Mazkur korporatsiya avval Project Brainwave tashabbusi doirasida dasturlanayotgan  FPGA-sxem Intel  bazasida sun’iy ong platformasini ishlab chiqqan edi. Navbatdagi versiyada aralashgan reallik ko‘zoynagi bo‘lmish,  HoloLens sun’iy intellekt -moduli ishlatiladi.

Kompaniya vakilining aytishicha, oxirgi vakansiya  Project Olympus bulutli server uchun uskunalar ishlab chiqish bo‘yicha loyihaga tegishlidir.  

Sun’iy ong deganlari mish-mishlarga qaraganda,  yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat olib borayotgan boshqa gigantlarga ham uyqu bermayotgan emish. Masalan, Facebook ham o‘z protsesssorini yaratishga kirishgan,  Apple esa bir necha yildan keyin  o‘z ishlanmasi bo‘ladigan chipli  MacBook’ni ishlab chiqarmoqchi. Mobil  yo‘nalishida esa bu oddiy voqelikka aylangan.

O‘QING: Microsoft’ning «aqlli» tarjimoni endi internetsiz ham ishlaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!