Sun'iy intellekt klassik suratlarning davomini chizdi
Bir necha oy oldin taqdim qilingan DALL-E 2 neyrotarmog'i foydalanuvchi bergan matnli tavsiflarga asoslangan rasmlar yarata oladi va bu uning yagona qobilyati emas ekan. Sun'iy intellekt ishqibozlari DALL-E 2 bilan taniqli klassik suratlarning "davomi"ni yaratishdi.
Neyrotarmoq san'at asarlarining bir necha xil variantlarini taqdim qilgan va ularning eng yaxshilari tanlab olingan.
Ta'kidlash joizki, suratlar o'ta realistik ko'rinadi. Neyrotarmoq suratlarning eng mayda detallariga ham e'tibor bergan. Afsuski, DALL-E 2 platformasidan foydalanish omma uchun ochiq emas.